Rossiya Yevropani muzlatishiga hojat yo‘q - buni ularning o‘zi uddalaydi

© AP Photo / Jens MeyerAES v Germanii
AES v Germanii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2021
Obuna bo‘lish
Yil oxiriga qadar Germaniyada 3ta AES va 11ta IESni, Fransiyada 2ta AES yopilmoqda. Yevropaga qishki sovuq bilan birgalikda to‘g‘ri ma’noda qorong‘u kelajak ham yaqinlashayotgandek...
G‘arb ommaviy axborot vositalari anchayin xavotirda. Ma’lum bo‘lishicha, Germaniya hukumati tom ma’noda yaqin kunlarda mamlakatda qolgan oltita atom elektr stansiyasidan uchtasini to‘xtatar ekan.
Aftidan, ekologiyadan tashvishlanayotgan dunyo hamjamiyati xursand bo‘lishi kerak edi, ammo bunday bo‘lmadi. Xorijiy nashrlar sarlavhalarining ko‘pchiligi juda g‘amgin xarakterda. Energetika, moliya ekspertlari fikrlariga ko‘ra, Berlin yashil ambitsiyalarini namoyish qilish uchun eng nomaqbul vaqtni tanlagan.
Germaniya - Yevropaning asosiy iqtisodiyoti. Uning hajmi to‘rt trillion dollardan ortiq mablag‘ni tashkil etadi. Germaniya-Yevropa kollektiv iqtisodiyotining ishonchliligini muvozanatlashtiradigan va kafolatlaydigan poydevor va uni oldinga undaydigan lokomotividir. Shu sababli, barcha manfaatdor o‘yinchilar Berlin tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarni juda katta e’tibor bilan kuzatib boradi. Natijasi esa, hech qanday istisnosiz barcha qo‘shnilari va savdo sheriklarini ushlab olgan holda aylana bo‘ylab tarqaladi.
Tashvishlanarlisi Grohnde, Gundremmingen S va Brokdorf - uchta AESlarining to‘xtatilishi haqidagi fakt emas (bu allaqachon rejalashtirilgan edi), balki buning uchun tanlangan vaqtda.
Ko‘pgina mamlakatlar hukumatlari va budjetlari uchun 2021-yil minor notada tugaydi. Jahon iqtisodiyoti va ob-havo sharoitini tiklashga urinishlar energiya narxining misli ko‘rilmagan tarzda oshishiga olib keldi. Bu mantiqan bir yil avvalgidan bir necha baravar yuqori doimiy taqchillik, zaxiralar etishmasligi va elektr energiyasi narxini keltirib chiqardi. Masalan, Germaniyada bir megavatt-soat allaqachon 430 yevrodan oshgan, bu esa bir yil avvalgiga nisbatan 350 foizga qimmat degani. Garchi 2020-yil dekabr oyida bir megavatt-soat birjalarda atigi yuz yevrodan ko‘proq sotilgan bo‘lsada, xuddi shunday narxlar Avstriya, Fransiya va Belgiyada ham kuzatiladi.
Hozir va bir yil oldin Yevropada elektr energiyasi narxlari (Yevropa Nord Pool elektr birjasi ma’lumotlariga ko‘ra MVt soatiga):
Fransiya - 442,88 yevro – bir yil oldin 105,95 yevro (+ 318%)
Avstriya - 434,34 yevro - bir yil oldin 104,14 yevro (+ 317%)
Belgiya - 432,99 yevro - bir yil oldin € 101,59 (+ 326%)
Germaniya - 431,98 yevro – bir yil oldin 94,57 yevro (+ 357%)
Niderlandiya - 429,84 evro - bir yil oldin 100,19 yevro (+ 329%)
Bunga parallel ravishda omborxonalarda yoqilg‘i zahiralarining kamayishi kuzatilmoqda. Ma’lumki, noyabr oyi boshidan buyon Yevropa operatsion kompaniyalari YeGSobyektlaridan 14 milliard kub. metrdan ortiq gazni chiqarib yuborgan. Yer osti suv havzalarini umumiy to‘ldirish 60%ga baholanmoqda – bu so‘nggi besh yildagi eng yomon natija. 2018-yilda qit’aning Yevropa qismida "Sharqdan kelgan yirtqich" deb nomlangan muz sikloni avj olgan vaktda yanada qayg‘uliroq vaziyat bo‘lgan edi. Sovuq haroratlar mavsumi mart oyining boshiga qadar davom etgan va hatto janubiy hududlar qalin qor qatlami bilan qoplangandi, shu sabab hamma joyda transport aloqalari uzilgan, yuzlab reyslar bekor qilingan.
Davr og‘ir keldi, lekin barcha ayoz ertami-kechmi chekinishini tushunar edi. Bugungi kunda pandemiya va moliyaviy-energiya inqirozi qachon tugashini esa hatto eng dovurak astrolog ham bashorat qilishni o‘z zimmasiga ololmaydi.
Majburan ekologik mavzularni yoritishga sodiq xorijiy ommaviy axborot vositalari yana bir fakt haqida sukut saqlayapti. Bu faktsiz birjalar, elektr stansiyalari egalari va yakuniy iste’molchilarning tashvishi tushunarli bo‘lmaydi. Germaniya yil oxirigacha, ya’ni so‘nggi haftada uchta AESdan tashqari, karbonsizlantirish iqtisodiyoti bo‘yicha ixtiyoriy qabul qilingan majburiyatlar doirasida ko‘mir bilan ishlaydigan 11 ta issiqlik elektr stansiyasini (IES) to‘xtatmoqchi ekanligini ular aytishga hijolat chekadilar. Ya’ni, mamlakatda elektr energiyasini ishlab chiqarish hamma joyda aytilganidek uch emas, birdaniga 6,4 gigavattga kamayadi.
Endi esa qo‘limizga rasmiy statistika va kalkulyator olvolamiz.
Germaniya so‘nggi yillarda elektr energiyasi ishlab chiqarishning barqaror pasayishini ko‘rsatib kelmoqda. 2018-2020 yillarda nemis energetiklari mos ravishda 637, 603 va 567 teravatt-soat ishlab chiqargan. Iste’moliga kelsak, tashvishlanadigan hech narsa yo‘qdek. 2019-yilda Germaniya atigi 567 teravatt soat ishlatgan, bu 2010-yilga qaraganda 11%ga kam.
Ammo asosiysirasmiy hisobotlar darajasidan pastroqda yashiringan. Berlin o‘z iqtisodiyotining yanada o‘sishini ta’minlash va saqlab qolish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Buni esa elektr energiyasini iste’mol qilishni ko‘paytirmasdan amalga oshirish mumkin emas. Agar nemislar qo‘ygan maqsadlariga erishsa, 2030-yilga borib ularga o‘z sanoati va aholisining normal hayot kechirishini ta’minlash uchun kamida 700 teravatt-soat kerak bo‘ladi.
Va bu ham Germaniyaning energetik mustaqilligi juda shartli bo‘lishiga qaramay. Mamlakat o‘zining energiyaga bo‘lgan ehtiyojining uchdan bir qismini ta’minlashga qodir, qolgan hammasini chet eldan sotib olishi kerak.
Bir harakatda uchta atom va o‘nta ko‘mir elektr stansiyasining yopilishi energiya balansidan kamida 50 teravatt-soatni, ya’ni deyarli o‘ndan birini yo‘q qiladi. Va bu, eslatib etamiz, juda issiq bo‘lmagan qishning qoq o‘rtasida, oldinda kamida ikki oylik sovuq ob-havo kutib turganda va Germaniyaning Gazprom bilan tuzgan shartnomasiga qaramay butunlay oldindan aytib bo‘lmaydigan energiya yetkazib beruvchilar narxlari ko‘tarilishiga shuningdek anchayin bog‘liq.
Olaf Sholsning yangi jamoasi tomonidan olib borilayotgan liniya faqat biz uchun tushunarsiz emas. Berlin bu qo‘lgan yasalgan shtopordan qanday chiqib ketarkan deya, barcha jahon nashrlari o‘z taxminlarida yo‘qolib qolmoqda, chunki dekarbonizatsiya rejasini amalga oshirish haqidagi balandparvoz bayonotlarni hisobga olmasa, boshqa hech qanday tushunarli ma’lumot yo‘q.
Mutaxassislar yangi kanslerning qadamlarini ajablanish bilan qabul qilyapti.
Germaniya “Fukusima” AESidagi halokatdan so‘ng mustaqil va ixtiyoriy ravishda atom energiyasidan butunlay voz kechishga qaror qildi. Global bozorlar hali tashvishlanishni boshlamaganda barcha bu qarorni olqishladi. Biroq hozir bu ko‘proq oyoqqa uzilgan o‘qdek. Yaponiya -halokat vaqtida 54 ta yadro reaktori ishlagan va keyinchalik xavfsizlik tekshiruvlari va tadqiqotlari uchun deyarli butunlay yopgan mamlakat-esa ularni faol ravishda qaytadan ishga tushirmoqda. Shunchaki, ularsiz energiya bilan ta’minlash mumkin emasligi sabab. Hozirga qadar hokimiyat va AES egalari qonuniy va mahalliy aholi bilan kelishib, o‘nlab reaktorlarni qayta ishga tushirishdi, sharqiy qo‘shnimiz hozir esa yana o‘ttiz yetti reaktorni ishga tushirmoqda. Ya’ni, agar Berlin AESni to‘xtatish bo‘yicha o‘z rejalarini biroz sekinlashtirganda, dunyo hamjamiyati biroz norozi bo‘lib qo‘ygan bo‘lardi, chunki deyarli har bir davlatda shunga o‘xshash muammolar bor.
Ekologik omilni ham ta’kidlash lozim. Ko‘p yillar davomida ular atom energiyasini ekologik toza deb tan oldirishga harakat qilishdi, chunki atom elektr stansiyalari ishlash jarayonida kam miqdorda issiqxona gazlarini ishlab chiqaradi - ammo bu qaror xalqaro burokratiya okeanida g‘arq bo‘lib ketmoqda.
G‘arb ekofaollari ko‘rilayotgan qadamlar nuqtayi nazaridan Germaniya uchun muqobil yo‘qligini ta’kidlamoqda – faqat ko‘mir iste’molining o‘sishi kuzatildi, uning mamlakat energetika balansidagi ulushi so‘nggi uch yil ichida 22 foizdan 16 foizga kamaydi. Va bu, o‘z navbatida, 2050-yilgacha uglerodsiz iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha barcha rejalarga chek qo‘yadi.
Buni bilvosita Germaniyaning o‘zidagi xabarlar ham tasdiqlaydi. Yangi siyosiy jamoa hamma uchun tushunarsiz hodisalar ko‘rsatayotgan bir vaqtda, nemis energetiklari harakat qilyapti. Misol uchun, Uniper allaqachon Scholven-B ko‘mir bilan ishlaydigan elektr stansiyasini yopishdan bosh tortganini va kelgusi yil oxiridan oldin bu masalaga qaytishga tayyorligini e’lon qildi. Hech shubha yo‘qki, kompaniya egalari EEX Yevropa energiya birjasining 1-yanvardan boshlab bir megavattning narxi 600 evro va undan yuqori bo‘lgan kotirovkalari bilan allaqachon tanishib olgan.
Aynan shu yerda aniqlik kiritish kerakki, Uniper va ularning hamkasblari buni ochko‘zlikdan emas, balki hech bo‘lmaganda hozirgi pozitsiyalarini saqlab qolish uchun qilishmoqda. BloombergNEF tahliliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, nemis energetika kompaniyalarining marginalligi tarixiy tubiga tushib qolgan. 2017-yilda bozor ishtirokchilarining daromadliligi 27 foizni tashkil etgan bo‘lsa, kelgusi yilda u o‘n darajaga yetishi kutilmoqda, 2023-yilda esa operatorlar sarmoya kiritgan har bir yevro uchun uch sentdan ko‘p bo‘lmagan daromad olishlari mumkin bo‘ladi.
Bu tendensiyalar dunyoning qarama-qarshi tomonida ham to‘g‘ri baholanmoqda.
Dunyodagi eng yirik ko‘mir eksportori Avstraliya hukumati yil uchun moliyaviy rejalarini qayta ko‘rib chiqishini rasman e’lon qildi. Kanberrada o‘tgan yilda energiya resurslarini sotish va eksport qilishdan tushadigan daromad 22 foizga o‘sib, 272 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda. Avstraliyaliklar faqatgina energetik ko‘mir sotishdan deyarli 40 milliard daromad oladi.
Darhaqiqat, imkon qadar “yashillar” ko‘p bo‘lgan yangi rahbariyatida Germaniya bir qo‘li bilan iqlim uchun xavfsiz atom elektr stansiyalarini yopsa, ikkinchi qo‘li bilan bozor ishtirokchilarini ko‘mir yoqishga qaytishga undamoqda.
Sanoatchilar va moliyachilarning pul qutisiga tashvishga soladigan yana bir fakt.
Bir hafta oldin Fransiyadan unchalik ham yoqimli bo‘lmagan xabar keldi. U yerda yadro xavfsizligi bo‘yicha nazoratchi "Sivo" (Civaux) AESida birinchi qontur suvi sirkulyatsiyasi suv quvurlarida yoriqlar borligini aniqladi. Stansiya o‘zining fransuz dizaynidagi tengsiz quvvatli (1560 megavatt) PWRlardan foydalanadi - va ularning ikkalasi ham halokat ehtimolini bartaraf etish uchun zudlik bilan yopildi. Bu vaqtinchalik qiyinchilik bo‘lardi, biroq “Sivo”ning egizak singlisi ham bor, "Sho" (Chooz) AESi bir vaqtning o‘zida shunga o‘xshash dizaynda qurilayotgan edi. Nazoratchi oqilona mulohaza yuritdi va bu yerdagi uchta PWR -reaktorini ham o‘chirishni buyurdi.
Yevropaning asosiy elektr energiyasi eksportori bo‘lgan Fransiyaning energiya balansi bir necha kunning o‘zida o‘rnatilgan besh gigavatt quvvatdan tushib ketdi. Bu esa nafaqat energiya eksporti, balki avvalo o‘z fuqarolarini elektr bilan ta’minlashni ham shubha ostiga tashlaydi.
Yevropaga qishki sovuq bilan birgalikda to‘g‘ri ma’noda qorong‘u kelajak yaqinlashmoqda. Bu yerda hech kim qandildagi chiroq kechqurun yonadimi yo‘qmi va oyning oxirida hisob-kitoblarda qanday raqamlar bo‘lishiga ishonch hosil qila olmaydi. Va bunday vaziyat vujudga kelishiga yevropaliklar faqat o‘zlarini ayblashlari mumkin. Ularning o‘zlari fizika va bozor qonunlarini e’tiborsiz qoldirib, o‘z xayollarida uchib yurgan siyosiy liderlarni tanladilar.
Balki bir kun kelib ular o‘z qo‘llari bilan yaratgan inqiroz haqida kitoblar ham yozishar – ungacha esa faqatgina undan omon chiqish qoldi.
Yangiliklar lentasi
0