Jamiyat

Shveytsariya sudi Gulnora Karimovaga tegishli pullarning aksariyatini musodara qildi

© AFP / Amy SussmanGulnara Karimova
Gulnara Karimova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.12.2021
Shveytsariya sudi Gulnora Karimovaga tegishli boʻlgan yana 293 mln dollarni musodara qildi. 2018 yilda 555 million musodara qilingan edi.
TOSHKENT, 24 dek - Sputnik. Shveytsariya Federal sudi Gulnora Karimova bilan bogʻliq kompaniyalarga tegishli boʻlgan 293 million dollarni musodara qilish toʻgʻrisida qaror chiqardi, deb xabar qilmoqda Swissinfo axborot agentligi.

Sudning bunday qaror chiqarishga Gulnora Karimova va uning yordamchisini noqonuniy yoʻl bilan olingan daromadlarni "yuvish"da aybdor deb topilgani sabab boʻlgan. Maʼlum boʻlishicha, Karimovaga tegishli boʻlgan Takilant kompaniyasi Sheytsariya banklarida aniqlangan bir necha shubhali hisob raqamlari bilan bogʻliq boʻlgan.

Lekin daromadning bir qismi - 70 million dollar, jinoiy yoʻl bilan olingani aniqlanmagani sababli Takilant kompaniyasiga qaytariladi, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, 2018 yilda Shveytsariya sudi Gulnora Karimovaga tegishli boʻlgan beshta hisob raqamlaridan 555 million dollarlik aktivlarni musodara qilish toʻgʻrisda qaror chiqargan edi. 2019 yilda Shveytsariya ushbu mablagʻlardan 130 millionov dollari Oʻzbekistonga qaytarilishi haqida maʼlum qilgan.
Eslatib oʻtamiz, 2017 yilda Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergov natijasida dunyoning turli burchaklaridan Gulnora Karimovaga tegishli boʻlgan umumiy qiymati 2 milliard dollarlik koʻchmas mulk va boshqa boyliklar aniqlangan edi. Ushbu boyliklarning aksariyati Shveytsariya ($800 mln.), Irlandiya ($300 mln.) va BAA ($120 mln.)da ekani aniqlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala