Iqtisod

“Agroekspress” Toshkentdan Moskvaga nimalarni olib keldi

© Press-slujba AO "Uzbekiston temir yullari"Konteynernыy poyezd s eksportnoy produktsiyey Uzbekistana otpravilsya v Turtsiyu
Konteynernыy poyezd s eksportnoy produktsiyey Uzbekistana otpravilsya v Turtsiyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.12.2021
Toshkentdan yoʻlga chiqqan “Agroekspress” poyezdi Moskva yetib keldi.
TOSHKENT, 25 dek — Sputnik. “Rossiya-Oʻzbekiston-Rossiya” yoʻnalishi boʻyicha “Agroekspress” poyezdi oxirgi stantsiyasiga muvaffaqiyatli yetib keldi, deb xabar qildi Oʻzbekistonning Moskvadagi elchixonasi.
“Meva-sabzavot mahsulotlari – uzum, xurmo, pomidor, limon boʻlgan konteynerlar boʻlgan poyezd Toshkentdan Moskva temir yoʻlining Selyatino stantsiyasiga yetib keldi”, — deyilgan elchixona xabarida.
“Agroekspress” loyihasi Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Uzagrologostics centers, “Rossiya temir yoʻllari logistika” AJ, “Rossiya eksport markazi” AJ hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Noyabr oyi oʻrtalarida Tambovdan birinchi “Agroekspress” poyezdida muzlatilgan tovuq goʻshti Toshkentga yetkazib berilgandi.
Endi Toshkentdan “Agroekspress”da Moskvaga uzum, xurmo, pomidor, limon olib kelindi.
“Biz birinchi qadamlarni qoʻydik, amaliyotda “Agroekspress”ning barcha oʻtish joylarini – tranzit zonalar, hatto “yashil yoʻlak” rejimida amalga oshirilishi lozim boʻlgan turli nazorat choralarini oʻrgandik,” – dedi Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazir oʻrinbosari Dmitriy Volvach.
Uning soʻzlariga koʻra, bu loyihani takomillashtirishdan barcha manfaatdor, ayniqsa boshqa davlatlar ham: Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon ham qiziqish bildirmoqda.
Shu oʻrinda iqtisod fanlari doktori, Rossiya qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat vaziri sobiq oʻrinbosari Leonid Xolod Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga bergan intervyusida taʼkidlashicha, bu loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun maxsus logistika zanjiri zarur.
"Bunday poyezdlarga mahsulotlarni tanlash, qadoqlash, yuklash va rasmiylashtirish bilan shugʻullanadigan maxsus logistika boʻlimi boʻlishi kerak", - dedi Leonid Xolod.
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi hukumatlararo kelishuvlar doirasida Jizzax viloyatida agrologistik kompleksi ham ana shunday maqsadlarda tashkil etilmoqda. Majmua yiliga 260 ming tonnagacha meva-sabzavotni qayta ishlash imkoniyatiga ega boʻladi.
2021 yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston Rossiyaga 341 ming tonna meva-sabzavot yetkazib berdi. Oʻz navbatida, Rossiya Oʻzbekistonga 4,73 mlrd $ mahsulot yetkazib berdi va Oʻzbekistonning import hamkorlari orasida birinchi oʻrinni egalladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala