Video

Oksana Chusovitina: Oʻzbekiston uchun yana medal qoʻlga kiritmoqchiman - video

Eksklyuziv
Oksana Chusovitina Sputnik muxbiriga bergan eksklyuziv intervyusida - katta sportga qaytishga qaror qilgani, oʻzbek liboslariga munosabati va oʻz shousini yaratish orzusi haqida soʻzlab berdi.
Oʻzbekiston sportining afsonasi, 8ta Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan tarixdagi yagona gimnastikachi Oksana Chusovitina Moskvaga uchib keldi va darhol "Lujniki"dagi repititsiyalarga ketdi. 25 dekabr kuni u "Sport afsonalari" shousida ishtirok etadi.
Oksana Chusovitinaning Sputnik muxbiriga bergan intervyusida maʼlum qilishicha, "Sport afsonalari" asoschisi - rossiyalik gimnastikachi, toʻrt karra Olimpiya chempioni Aleksey Nemov.

“U mening eng yaxshi doʻstim, u oʻsha davrning barcha yulduzlarini toʻpladi. Shouga kelinglar: hech qaysi davlatda bunday shou yoʻq, mana faqat Lesha qildi. Bilasizmi, men barchamiz bir jamoada qatnashgan vaqtlarimizni xotirlayman”, - dedi Oksana Chusovitina.

“Sport afsonalari”dagi har bir chiqish sahnalashtirilgan boʻlib, Oksana Chusovitina unga maxsus spektakl tayyorlagan. Undan soʻng u Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlikni davom ettiradi. “Men karyeramni yakunlayotganimni eʼlon qilgandim, biroq Oʻzbekiston uchun medal qoʻlga kiritmasdan yakunlay olmayman, degan qarorga keldim, – deydi Chusovitina katta sportga qaytish qarorini izohlarkan. “Mayli medal Olimpiadaniki emas, Osiyo oʻyinlariniki boʻlsin. Ammo men medal qoʻlga kiritmoqchiman. Sekin asta tayyorgarlikni boshladim”.
Bundan tashqari, Oksana Chusovitina bu yili ochilishi eʼlon qilingan maktabini rivojlantirishni davom ettiradi va oʻz shousini yaratishni orzu qiladi.
Sportchi bu loyihasi formatini qanday tasavvur qiladi? Oksana Chusovitina faoliyatini davom ettirish haqida qaror qilgan vaqtida kimning maslahatini olgan? Oʻzbek liboslaridagi shov-shuvli fotosessiyasidan soʻng u oʻzi uchun qandaydir kiyim olib qolganmi? Bularning barchasi haqida taniqli sportchi Sputnik Oʻzbekiston YouTube kanaliga bergan intervyusida soʻzlab berdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala