Jamiyat

Pillaning har bir kilosi uchun 5 ming soʻm subsidiya beriladi

© Sputnik / Vsevolod Tarasevich / Fotobankka oʻtishProverka shelkovichnыx kokonov
Proverka shelkovichnыx kokonov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.12.2021
Pilla yetishtiruvchilarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi.
TOSHKENT, 25 dek — Sputnik. Hukumat qarori bilan Pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga ular tomonidan yetishtirilgan pilla (hoʻl pilla) hosili uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, 2022 yil 1 yanvardan 2025 yil 1 yanvargacha pillaning har kilogrammi uchun 5 ming soʻm subsidiya beriladi.
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan har yili 20 iyulgacha respublikadagi pilla yetishtirish prognozlari ishlab chiqilib Moliya vazirligiga beriladi.
Moliya vazirligi prognoz asosida byudjetdan subsidiya ajratib Qoʻmitaga 1 fevralgacha oʻtkazib beradi.
Pillachilik klasterlari va tashkilotlari “Agropilla” MCHJlar bilan subsidiya oluvchilar roʻyxatini shakllantiradi va 25 fevralgacha Agentlikning hududiy boshqarmasiga beradi.
Hududiy boshqarma roʻyxatni umumlashtirib 1 martgacha Qoʻmitaga yuboradi.
Qoʻmita 10 aprelgacha pullarni subsidiya oluvchilarga berish uchun maxsus hisobvaraqlarga oʻtkazadi.
Pillachilik klasterlari va tashkilotlari subsidiya oluvchilarga pullarni kartaga yoki bankdagi hisobvaraqlariga oʻtkazib beradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala