Toshkentda shaharning eng faol aholi vakillari taqdirlandi - foto

© Sputnik/Viktor TolochkoPodpisanie dokumentov
Podpisanie dokumentov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2021
Obuna bo‘lish
Faol fuqarolik pozitsiyasi va mehr muruvvati uchun eng faol toshkentliklarga “Toshkent faoli-2021” mukofoti topshirildi.
TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Toshkentda “Faol fuqarolik pozitsiyasi”, “Mehr-muruvvat”, “Toshkent va toshkentlik” va “Ekoturizm” nominatsiyalari bo‘yicha eng faol aholi vakillarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bunday tadbir ikkinchi marotaba o‘tkazilmoqda. Ijtimoiy faoliyati bevosita asosiy ishi bo‘lmagan nomzodlar ham sovrindor bo‘lishi mumkin. Ayrim toshkentliklarning faol fuqarolik pozitsiyasi alohida e’tiborni tortadi. Bu yili Toshkent shahri Bobur ko‘chasidagi 7-uyni buzilishidan saqlab qolish uchun olib borilgan kurash samarasiz ketmadi. Uyni saqlab qolgan uchta oila vakillari orasida Oksana Piontkovskaya ham bor. U O‘zbekiston Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti ixtiyoriy jamoat inspektori. Ikki yil davomida Oksana butun poytaxt bo‘ylab mashhur bo‘lgan binoni buzilishidan himoya qildi. U ushbu me’moriy yodgorlikning O‘zbekiston madaniy merosi ro‘yxatiga qaytakiritilishiga erishdi.
© SputnikNagrajdenie aktivistov v nominatsiyax "Aktivnaya grajdanskaya pozitsiya", "Miloserdie", "Tashkent i tashkentsi" i "Ekoturizm"
Nagrajdenie aktivistov v nominatsiyax Aktivnaya grajdanskaya pozitsiya, Miloserdie, Tashkent i tashkentsi i Ekoturizm - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2021
Nagrajdenie aktivistov v nominatsiyax "Aktivnaya grajdanskaya pozitsiya", "Miloserdie", "Tashkent i tashkentsi" i "Ekoturizm"
“Barcha sud jarayonlari tugadi. Biz g‘alaba qozondik va uyni himoya qila oldik”, deydi Oksana PiontkovskayaSputnikmuxbiriga.
Poytaxt bog‘larining faol himoyachisi Olga Rahimova ham mukofot bilan taqdirlandi. Aynan uning tashabbusi tufayli Moviy gumbazlar parki va bulvari saqlab qolindi.
“Mehr-muruvvat” nominatsiyasida Sankvit nogiron va yetim bolalar ijodiyot markazi rahbari Gulsara Rajapova mukofotga loyiq topildi. Markazda mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, shuningdek, O‘zbekistonning barcha hududlaridan kelgan kam ta’minlangan oilalarning iqtidorli bolalariga har xil san’at turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
“Bu yil biz uchun og‘ir bo‘ldi. Turmush o‘rtog‘imva men markazimizni qo‘llab-quvvatlash uchun juda ko‘p harakat qilyapmiz, ammo davlat ko‘magisiz tez orada markaz yopiladi deb qo‘rqaman", deydi u.
Rassom-haykaltarosh, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi Gulsara Rajapova markazni saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash maqsadida o‘zining barcha asarlarini sotib bo‘lgan.
“Mehr- muruvvat” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlanganlar orasida Hilola Mirzarahimova ham bor. Hilola birinchi inklyuziv turizm guruhi asoschisi. Uning tashabbusi tufayli Samarqandning bir qator madaniy-tarixiy merosi obyektlari barcha imkoniyati cheklangan insonlar uchun imkoniyatlar yaratildi. Hozirda Xilola Madrahimova shu maqsadda Toshkent obyektlarini o‘rganmoqda.
© SputnikNagrajdenie aktivistov v nominatsiyax "Aktivnaya grajdanskaya pozitsiya", "Miloserdie", "Tashkent i tashkentsi" i "Ekoturizm"
Nagrajdenie aktivistov v nominatsiyax Aktivnaya grajdanskaya pozitsiya, Miloserdie, Tashkent i tashkentsi i Ekoturizm - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2021
Nagrajdenie aktivistov v nominatsiyax "Aktivnaya grajdanskaya pozitsiya", "Miloserdie", "Tashkent i tashkentsi" i "Ekoturizm"
“Bu ishlar tugallasak, madaniy-tarixiy obyektlarga ruxsat xaritasini tayyorlaymiz. Bundan tashqari, imkoniyati cheklanganlarga qulaylik yaratish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqamiz”, - deydi Hilola Mirzarahimova.
Mariya Yusupova “Toshkent xalqi xotirasi” guruhiga asos solgan. Bugungi kunda guruhga 1400 dan ortiq inson a’zo bo‘lgan.
“Ikki yildan ortiq vaqtdan buyon Botkin qabristonidagi qabrlarni chiqindilardan tozalaymiz.O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘shgan, ammo hozir unutilgan toshkentliklar haqida ma’lumotlar to‘plash va nashr etish bilan shug‘ullanamiz. Biz ularning xotirasini yana ko‘p yillarga yodda saqlanishini istaymiz”, - dedi "Toshkent xotirasi" guruhi asoschisi Mariya Yusupova.
© SputnikNagrajdenie aktivistov v nominatsiyax "Aktivnaya grajdanskaya pozitsiya", "Miloserdie", "Tashkent i tashkentsi" i "Ekoturizm"
Nagrajdenie aktivistov v nominatsiyax Aktivnaya grajdanskaya pozitsiya, Miloserdie, Tashkent i tashkentsi i Ekoturizm - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2021
Nagrajdenie aktivistov v nominatsiyax "Aktivnaya grajdanskaya pozitsiya", "Miloserdie", "Tashkent i tashkentsi" i "Ekoturizm"
Uning qo‘shimcha qilishicha, ko‘ngillilar qabrlar fotosuratlari va geolokatsiyasini o‘z ichiga olgan albom yaratishmoqda.
Bundan tashqari, jamoatchilik kengashi raisi v.b Bahodir Xo‘jayevning ma’lum qilishicha, Botkin qabristonidagi qabrlarni raqamlashtirishga rasmiy ruxsat olingan. Bu esa faollar va ko‘ngillilar uchun haqiqiy yutuq.
Poytaxtning yana bir faoli Inkuzart nomi bilan mashhur shahar graffitilarining sirli muallifi. Yangi toshkentlik rassomning iqtidori ayniqsa pandemiya davrida yaqqol sezildi. U o‘z grafitilarini uylar, binolar va to‘siqlar devorlariga chizadi. Ular kutilmaganda, kutilmagan joylarda va har doim tunda paydo bo‘lib qoladi. Rassomga Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon va Abdurauf Fitrat portretlari alohida mashhurlik keltirgan.
© SputnikNagrajdenie aktivistov v nominatsiyax "Aktivnaya grajdanskaya pozitsiya", "Miloserdie", "Tashkent i tashkentsi" i "Ekoturizm"
Nagrajdenie aktivistov v nominatsiyax Aktivnaya grajdanskaya pozitsiya, Miloserdie, Tashkent i tashkentsi i Ekoturizm - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2021
Nagrajdenie aktivistov v nominatsiyax "Aktivnaya grajdanskaya pozitsiya", "Miloserdie", "Tashkent i tashkentsi" i "Ekoturizm"
Yil faollari qatorida “TChSJ va u bilan qanday yashash kerak” guruhi asoschisi Maksim Chernikov, huquq faoli, noqonuniy qurilishlarga qarshi namoyishlar ishtirokchisi Saodat Abduzokirova, Foodforlife hayriya tashabbusi rahbari Shuhrat Usmonov, Save Aral xayriya marafoni rahbari hamda ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish sohasi xodimlarini qo‘llab qo‘vvatlaydigan “Pokiza insonlar” guruhi ham bor.
Yangiliklar lentasi
0