Dunyoda

Turkmaniston yetakchisi yangi yil arafasida mahsulotlarni arzonlashtirish haqida topshiriq berdi

© Pixabay / Eak K.Novogodnyaya yelka
Novogodnyaya yelka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.12.2021
Turkmaniston prezidenti yangi yil arafasida mahsulotlar narxini pasaytirish haqida topshiriq berdi.
TOSHKENT, 25 dek — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Yangi yil bayrami munosabati bilan ayrim tovarlar narxini 50 foizga pasaytirish toʻgʻrisida hukumatga topshiriq berdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

“Odamlar oilasi va doʻstlari uchun sovgʻalar sotib olishi, yangi yilni yaxshi nishonlashi uchun bozorlar va doʻkonlarda shanba kunidan boshlab 1 yanvarigacha sanoat va oziq-ovqat mahsulotlarining bayramona savdosini tashkil etish, ayrim tovarlarning narxini 50 %gacha arzonlashtirish toʻgʻrisida bosh vazir oʻrinbosari Chari Gilijov (savdo va biznes)ga topshiriq berildi”, - deyilgan xabarda.

Qaysi mahsulotlar chegirma bilan sotilishi hozircha maʼlum qilinmadi.
Shuningdek, Transport va kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Mammetxon Chakiyevga 31 dekabr va 1 yanvar kunlari shahar avtobuslari aholiga bepul xizmat koʻrsatishi haqida topshiriq berdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala