Rossiya

“Gazprom” Yevropa ayblovlarini rad etdi

© Sputnik / Aleksandr GalperinVыveska na ofise PAO "Gazprom" na Moskovskom prospekte v Sankt-Peterburge.
Vыveska na ofise PAO Gazprom na Moskovskom prospekte v Sankt-Peterburge. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.12.2021
Kompaniya yoqilgʻini ilgari tuzilgan shartnomalar asosida yetkazib berayotganini maʼlum qilgan.
TOSHKENT, 26 dek – Sputnik. Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi Yevropaga yetarlicha gaz yetkazib bermayotgani borasidagi ayblovlarni rad etadi. Bu haqda kompaniya rasmiy vakili Sergey Kupriyanov maʼlum qildi.

“Rossiya va “Gazprom”ga nisbatan biz Yevropa bozoriga kam gaz yetkazib berayotganimiz borasidagi barcha ayblovlar mutlaqo asossiz, nomaqbul, haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Oddiy qilib aytganda, uydirma va yolgʻon”, - dedi Kupriyanov “Rossiya 1” telekanaliga bergan intervyusida. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Uning soʻzlariga koʻra, isteʼmolchilar shartnomalarda koʻzda tutilgan yillik hajmlarni tanlab boʻlishgan. Misol tariqasida u Frantsiya va Germaniyani keltirdi.
Hozir “Gazprom” quvvatlarni arizalar asosida saqlab qoʻymoqda. Shu bilan birga kompaniya 15 dekabr kuni Ukraina orqali tranzit boʻyicha majburiyatlarini bajarib boʻlgan.
Kompaniya oʻn bir yarim oy mobaynida chet el mamlakatlariga yoqilgʻi yetkazib berishni 178,1 milliard kubometrgacha oshirgan. Bu oʻtgan 2020 yilning mos davriga koʻra qariyb 5 foizga (8,2 milliard kubometr) koʻproq.
Germaniya, Italiya, Ruminiya, Polsha, Daniya, Finlyandiya va ayrim boshqa davlatlar eng koʻp Rossiya gazini olishgan.
“Gazprom” amaldagi uzoq muddatli shartnomalar doirasida yoqilgʻining qoʻshimcha hamjlarini yetkazib berishga tayyor, ularni yetkazib berish narxi spotdagiga qaragandan ancha past, deydi Kupriyanov.
Yevropa Rossiyaga toʻlashga mahkum: qimmat boʻladi
Qolaversa, kompaniya taʼkidiga koʻra, soʻnggi kunlarda Germaniyadan Polsha, chamasi, keyin Ukrainaga kuniga uch milliondan besh million kubometrgacha hajmda revers yetkazib berilmoqda.
“Gaz boz ustiga gazning allaqachon 47 foizini olib qoʻygan Germaniya hududidagi yerosti omborlardan olib chiqilmoqda, qish esa endi boshlanmoqda. Eng oqilona boʻlmagan qaror”, - deya qoʻshimcha qildi “Gazprom” vakili.
Bu yetkazib berishlar narxi Rossiya tomonidan kontrakt hamjlari boʻyicha yetkazib berilayotgan narxdan yuqoridir.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Gazprom” uzoq muddatli shartnomalar asosida resurslarni yetkazib berayotgani, nemis va frantsuz kontagentlari esa xarid qilishga arizalarini berishmaganini maʼlum qilgan edi.
Shu tariqa Putin Yevropada yoqilgʻining rekord darajada qimmatlashi va Moskvaga qoʻyilgan ayblovlarga munosabat bildirgan.
Uning soʻzlariga koʻra, Yevropaning oʻzi Rossiya gazini reversga tushirib, xom ashyo narxi koʻtarilishiga sababchi boʻlgan.

Mavzuga oid:

Serbiya Rossiya tufayli gazdan katta mablagʻ tejab qolmoqda - Vuchich
Oʻzlari qazigan choh: Yevropa Rossiyadan gaz bumerangini oldi
Moldova gaz uchun qarzini uzmasdan yangi shartnoma tuzishni soʻrayapti
Yevropada energetik inqiroz - kim aybdor?
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala