Siyosat

Jahongir Ortiqxoʻjayev uchta tuman hokimlarini jazoladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDjaxongir Artыkxodjayev
Djaxongir Artыkxodjayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.12.2021
Toshkent hokimi tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reytingiga koʻra uch tuman hokimlariga intizomiy jazo qoʻlladi. Yana uch tuman hokimlari ragʻbatlantirildi.
TOSHKENT, 26 dek – Sputnik. Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reytingiga koʻra qator tuman hokimlariga intizomiy jazo qoʻllash va ragʻbatlantirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
“Yaxshi” baholangan Mirobod tumani hokimi Shuxrat Poʻlatov, Bektemir tumani hokimi Tapil Mahamadziyayev va Yangihayot tumani hokimi Hayot Inogʻomov, ularning oʻrinbosarlari hamda sektor rahbarlari maoshiga 30 foiz ustama mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha manba mablagʻlari hisobidan olishdi.
Shuningdek, “qoniqarsiz” baholangan Shayxontohur tumani hokimi Abduqahhor Toʻxtayev, Uchtepa tumani hokimi Farhod Abdullayev va Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov, ularning oʻrinbosarlari hamda sektor rahbarlariga nisbatan oylik ish haqidan 30 foiz jarima jazosi qoʻllanilgan.
Jahongir Ortiqxoʻjayev sentyabr oyida Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi Shavkatbek Irgashevga, Yunusobod tumani hokimi Jahongir Ibrohimovga va Yangihayot tumani hokimi Hayot Inogʻomovga nisbatan birinchi yarim yillikda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari kamaytirgani uchun hayfsan bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala