Siyosat

Oʻzbekiston va Tojikiston 2021 yilda oʻtkazilgan demarkatsiya ishlari yakunlarini sarhisob qildi

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaRukopojatiye
Rukopojatiye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.12.2021
Ikki davlat hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlari 2022 yilga moʻljallangan yigʻilishlar jadvalini kelishib olishdi.
TOSHKENT, 26 dek – Sputnik. 20-25-dekabr kunlari Dushanbe shahrida Oʻzbekiston-Tojikiston Qoʻshma demarkatsiya komissiyasida Oʻzbekiston va Tojikiston hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston TIV maʼlumotiga koʻra, muzokaralar chogʻida 2021 yilda oʻtkazilgan topografik-geodeziya, aerofotosurat va demarkatsiya ishlari yakunlari sarhisob qilindi hamda 2022 yilga moʻljallangan ishchi guruhlar yigʻilishlari jadvali kelishib olindi.
Ishchi guruhlarning navbatdagi uchrashuvini Oʻzbekiston hududida oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishildi. Tadbir yakuniga koʻra tegishli bayonnoma imzolandi.
Samarqandda Oʻzbekiston-Tojikiston demarkatsiya komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Eslatib oʻtamiz, 22-27 noyabr kunlari Namangan shahrida Tojikiston-Oʻzbekiston qoʻshma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlari navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtgan edi.
Maʼlumot uchun, tojik-oʻzbek chegarasining uzunligi 1332 kilometrni tashkil qiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala