Jamiyat

Pasport va hujjatlar smartfonda: Gov Pass ilovasi taqdim etildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMinistr IKT Uzbekistana Sherzod Shermatov
Ministr IKT Uzbekistana Sherzod Shermatov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.12.2021
Oʻzbekistonda fuqaro pasportining raqamli profili joriy qilinadi.
TOSHKENT, 26 dek – Sputnik. Oʻzbekistonda fuqaro pasportining raqamli profili Gov Pass mobil ilovasi koʻrinishida joriy qilinadi. Bu haqda 24 dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyevga koʻrsatilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirishga oid loyihalar taqdimotida maʼlum qilindi.
Gov Pass mobil ilovasi smartfonga oʻrnatiladi. Unda pasport, diplom, mehnat daftarchasi, haydovchilik guvohnomasi kabi koʻplab hujjatlar jamlanadi.
“Yaʼni, fuqaroning barcha hujjatlari doim yonida, telefonda boʻladi. Bu vaqt va pulni tejab, qogʻozbozlikni kamaytirishga xizmat qiladi, ovoragarchiliklarni bartaraf etadi”, - deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.
Prezident yangi texnologiyalar, avvalo, odamlarga xizmat qilishi, qulaylik yaratishi zarurligini taʼkidladi.
Poytaxtda 1 noyabrga qadar barcha poliklinikalar toʻliq raqamlashtiriladi
Kelgusi yilda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatiladigan xizmatlar ulushi 60 foizga yetkazilishi belgilandi.
Sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmani olishda qulaylik yaratildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala