Kolumnistlar

Rossiya tinchlikni mustahkamlamoqda: yaxshi soʻz, “Borey” va “Yasen” bilan

© Sputnik / Oleg Kuleshov / Fotobankka oʻtishPodvodnыy kreyser "Knyaz Vladimir" vozobnovil zavodskiye xodovыe ispыtaniya
Podvodnыy kreyser Knyaz Vladimir vozobnovil zavodskiye xodovыe ispыtaniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.12.2021
Rossiya AQSH va uning ittifoqchilarining retsidiv harbiy ustunligiga qaramay Tinch okeanining har nuqtasida milliy manfaatlarni himoya qilishga qodir yangi suvosti flotini jadal ravishda qurmoqda.
Moskvaning oʻzaro xavfsizlik kafolatlari toʻgʻrisidagi tinchlik takliflari Vashington va Bryussel uchun 21 dekabr kuni Rossiya Dengiz harbiy floti (DHF) tarkibiga kirgan “Borey-A” va “Yasen-M” atom suvosti kemalari loyihalari majmuasida yanada tushunarli va ahamiyatli boʻlmoqda. Yaxshi soʻz va eng yangi qurol bilan tinchilikka faqat yaxshi soʻz bilan qaragandan tezroq erishish mumkin.
Seshanba kuniSeverodvinskda885M (Yasen-M) va 955A (Borey-A) birinchi seriyali suvosti kemalari loyihalarida harbiy dengiz bayroqlari tantanali koʻtarildi. Rossiya DHF nodir xususiyatlarga ega qurollanish tizimlariga ega eng yangi "Novosibirsk" va "Knyaz Oleg" atom raketa tashuvchilarini oldi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy dengizchilar va “Sevmash” jamoasini bu muhim voqea bilan tabrikladi. Eslatamiz, koʻp nishonli “Novosibirsk” “Kalibr” va “Oniks” qanotli raketalari bilan dushmanning dengiz va yerdagi obʼyektlariga zarba berishga qodir, “Knyaz Oleg” suvosti kreyseri esa “Bulava” qitʼalararo ballistik raketalar bilan qurollangan. Putin DHFni yangilash surʼatlarini oshirishga, zamonaviy suvusti va suvosti kemalarini qurishga, qirgʻoq infratuzilmalarini rivojlantirishga vaʼda berdi (u hamisha vaʼdalarini bajaradi).
Biroq oldinroq, 17 dekabr kuni Moskva Vashingtonga global xavfsizlikni mustahkamlashning yangi tizimi – oʻzaro kafolatlar toʻgʻrisidagi shartnomalar loyihalarini taklif qildi. Rossiya Bryusselga vaqt ham sarflab oʻtirmadi, chunki AQShning NATOdagi pozitsiyasi – hal qiluvchi. Tinchlik takliflari va bir vaqtning oʻzida DHF tarkibiga ikkita qudratli suvosti raketalari berilishi bir-biriga zid emas.
Rossiya AQSH va uning ittifoqchilarining retsidiv harbiy ustunligiga qaramay Tinch okeanining har nuqtasida milliy manfaatlarni himoya qilishga qodir yangi suvosti flotini jadal ravishda qurmoqda.
Rossiya HDF strategik koʻpayishi: toʻrtta submarina va ikkita korvet 9 mayga rejalashtirildi
Rossiya konstruktorlari beshinchi avlod raketa-yadro flotining asosini yaratishmoqda, maxfiylik oʻsmoqda, qurollanish tizimlari yangilanmoqda, razvedka, boshqarish, maqsadni koʻrsatishning avtomatlashtirilgan vositalari joriy etilmoqda. Rossiyaning koʻplab texnologiya qarorlari Gʻarbning yetakchi mamlakatlari uchun tenglashib boʻlmaydigan darajada.

Okean nindzyasi “Yasen-M”

Toʻrtinchi avlod “Novosibirsk” atom suvosti kreyseri qurilayotgan yettita “Yasen-M” kemalar loyihalari seriyasiga taalluqli. Ularning vazifasi – jangovar patrullash hududida AQSH va NATOning boshqa mamlakatlari suvosti kemalarini taʼqib qilish (kuzatib borish). “Novosibirsk”ni 2019 yil oxirida suvga tushirishgandi va qurib bitkazish, sinovlar davrida davlat qabul qilinishi choʻzilib ketmaganini qayd etish joiz.
“Yasen-M” suvosti kemalari uncha bilinmaydigan va koʻp nishonli va suv sigʻimi 13800 tonna. U 520 metr chuqurlikkacha tusha oladi, minalar, 533-mm torpedalar, “Kalibr”, “Oniks” qanotli raketalar bilan qurollangan. Kelajakda “Tsirkon” bilan qurollanadi. Shuningdek, bortija radioelektr uskunalari majmualari bor. Boshqaruv qurilmasining mustaqilligi – 100 sutka, suvosti tezligi -31 uzel. Ekipaj – 64 kishi.
Bu “ovchilar” dushmanning aviatshuvchi zarba guruhlari, “Ogayo” suvosti raketa tashuvchisini yoʻq qilishga shaylanishgan.
“Yasen”ning mislsiz xususiyatlari faktlar bilan tasliqlanadi. “Severodvinsk” rus suvosti kemasini AQSH Dengiz harbiy kuchlari akustikalari Atlantika okeanida bir necha hafta davomida topa olishmadi.
Busiz iloji yoʻq: Shimoliy dengiz floti NATOga nima bilan javob qaytaradi
“The National Interest” nashri maʼlumotlariga koʻra, koʻp nishonli “Yasen-M”lar uchish masofasi 2500 km dan ziyod 32 ta 3M-14K "Kalibr" qanotli raketalar, yadroviy yoki oddiy nishona oluvchilar bilan qurollangan. Ular oʻta sassiz. Tezligi yuqori va datchiklarni darhol payqaydi va “Qoʻshma Shtatlarning asosiy hududi uchun xavf tugʻdiradi”.

Qahrli “Borey-A”

Strategik maqsadlarga moʻljallangan suvosti raketali kreyser “Knyaz Oleg” takomillashtirilgan “Borey-A” loyihasi atomxodlarining toʻrtinchi avlodiga mansub.
Rossiya DHFda 21 dekabrga qadar toʻrtta “Borey” xizmat qilgan. Ulardan uchtasi 955 loyihasi - Yuriy Dolgorukiy", "Aleksandr Nevskiy", "Vladimir Monomax", va bitta loyiha955A – "Knyaz Vladimir”. Birinchi uchta kemalar 16 MBRli “Bulava”ga ega, keyingi suvosti kemalarining xususiyatlari ochiqlanmayapti.
Rossiya Mudofaa vazirligi DHFga jami 10 ta “Borey” yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Ular yaqin oʻn yillikda Rossiya yadroviy uchligining dengiz asosi boʻlishadi.
“Borey-A” asta-sekinlik bilan uchinchi avlod atom kreyseri oʻrniga kelishadi. Toʻqqizinchi va oʻninchi “Borey”lar 2030 yilgacha topshiriladi. Ehtimol, seriya yana davom ettiriladi. Bunda Strategik hujumkor qurollanish toʻgʻrisidagi shartnomani (SNV-3) taʼsiri sezilardi.
Rossiya DHFda toʻrtinchi avlod yangi strategik raketa tashuvchini paydo boʻlishi “hamkorlar” tomonidan ularda bunga javobi yoʻq boʻlgan chaqiriq sifatida qabul qilinadi. Tinch okeanida yangi global gidroakustik tizimlarni ishlab chiqarishni moliyalashtirish ehtiyoji tugʻiladi – bu qimmat va AQSH (NATO) muvaffaqiyatiga kafolat bermaydi. Aytgancha, “Borey” loyihasi kreyserini qurish qiymati - 400 million dollargacha. Toʻrtinchi avlod koʻp nishonli Virginia suvosti kemalarini qurish esa Pentagonga 2,5 milliard dollarga tushmoqda.
Rossiyaning “Tsirkon” gipertovushli raketasi nimalarga qodir
Zamonaviy Rossiyaning strategik ahamiyatga ega suvosti kreyserlari va koʻp nishonli suvostikemalari dushmanning kulini koʻkka sovurish uchun yaratilgan. Ular mamlakatni munosib himoya qilishida. Boz ustiga Rossiya sayyoraning istalgan nuqtasida milliy manfaatlarni himoya qilishga qodir Harbiy dengiz flotini mustahkamlamoqda. Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi 2027 yilgacha “Sevmash” yettitadan atom suvosti kemasi “Borey-A” va “Yasen-M”ni qurishini maʼlum qilgan edi. Bugungi kunda harbiy qudrat reytingida Rossiya DHF umumiy kemalar soni boʻyicha Xitoydan keyin ikkinchi oʻrinda.
Qizigʻi shundaki, AQSH HDK toʻrtinchi oʻrinda, Buyuk Britaniya – 28. Suvosti kuchlarini taqqoslash (AQSH dunyoda 2-oʻrin (68 ta jangovar), Rossiya esa 3-pogʻonada (64 ta suvosti kemasi) rivojlanish jadal ketayotganidan dalolat beradi, biroq Rossiya DHFning texnologik ustunligini aks ettirmaydi. Rossiyaning oʻsib borayotgan mudofaa salohiyati, shubhasiz, “hamkorlarni” xafa qiladi. Va koʻp qutbli dunyoning muayyan barqarorligini kafolatlaydi.
Uchinchi jahon urushini toʻxtatib turgan rus quroli
Rossiya sanoat-mudofaa majmuasi ilmiy texnika inqilobni sodir etdi. U dunyoda muqobili boʻlmagan, Gʻarb ishlanmalaridan 10 yillarga oʻzib ketgan qurol-yaroqni yaratishga imkon berdi. Zamonaviy koʻp qutbli dunyoda yuqori texnologiyali “Yasen-M” va “Borey-A” Rossiyani haqiqatdan suveren va yengilmaslik qiladi, bugun va yaqin kelajakda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala