Siyosat

Sirdaryo viloyati hokimi Qorbobo kiyimida ehtiyojmand oilalarga yordam puli tarqatdi – foto

Prezident qarori bilan 2021 yilning dekabr oyida ayrim toifadagi oilalarga 800 ming soʻmdan bir martalik moddiy yordam koʻrsatilishi belgilangan edi.
TOSHKENT, 26 dek – Sputnik. Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofur Mirzayev Guliston shahrining “Ulugʻobod” mahallasida istiqomat qilayotgan ehtiyojmand oilalar xonadonida boʻldi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Dastlab Gʻofurjon Mirzayev mahallaning “Parrandachilik” koʻchasi 8-xonadonda yashovchi, 2-guruh nogiron farzandi boʻlgan Lutfiya Solihova xonadoniga tashrif buyurdi. Viloyat hokimi 9 yoshli Sarvar Joʻrayevni Yangi yil bayrami bilan muborakbod etib, prezident tabrigini oʻqib eshittirdi va bayram sovgʻalarini topshirdi.
Soʻngra viloyat rahbari ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan Jamila Ahmedova, 11-sinf oʻquvchisi, chin yetim Davron Rustamov, 2-guruh nogiron farzandi boʻlgan Burobiya Husanova, boquvchisini yoʻqotgan, 3 nafar voyaga yetmagan qiz farzandlari bor Holida Rahmonovalarning xonadonlarida boʻlib, ularga ham prezident tabrigini oʻqib eshittirdi hamda 800 ming soʻm moddiy yordam puli va bayram sovgʻalarini ulashdi.
© Foto: Sirdaryo viloyati hokimligiSirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev Qorbobo kiyimida ehtiyojmand oilalarga yordam puli tarqatdi
Sirdaryo viloyati hokimi Qorbobo kiyimida ehtiyojmand oilalarga yordam puli tarqatdi  - Sputnik Oʻzbekiston
1/4
Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev Qorbobo kiyimida ehtiyojmand oilalarga yordam puli tarqatdi

2/4

3/4

4/4

Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev qarori bilan 2021 yilning dekabr oyida ayrim toifadagi aholiga 800 ming soʻmdan bir martalik moddiy yordam koʻrsatilishi xabar qilingan edi.
2021 yil davomida "temir daftar" roʻyxatida boʻlgan, 18 yoshga toʻlmagan farzandlari bor boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi va 18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasini oluvchi oilalar bunday yordam pulini olishadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala