Jamiyat

Taxtaqoracha dovoni noqulay ob-havo sabab yopildi

© Foto: MCHS UzbekistanaIz-za snegopada vremenno zakrыt pereval Taxtakoracha
Iz-za snegopada vremenno zakrыt pereval Taxtakoracha - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.12.2021
Tinimsiz yoqqan qor yoʻlning yuza qismida muzlamalar hosil qilgan.
TOSHKENT, 26 dek – Sputnik. Taxtaqoracha dovonidagi noqulay ob-havo sharoiti sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklandi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga koʻra, 26 dekabr kuni soat 11:00 dan Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bogʻlovchi Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan.
“Buning asosiy sababi M-39 avtomobil yoʻlining dovon qismida tinimsiz yoqqan qor oqibatida yoʻlning yuza qismida muzlamalar hosil boʻlganligi”, - deyilgan xabarda.
FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida ish olib borishmoqda.
YHXBB oʻz navbatida haydovchilardan ehtiyotkor boʻlish, ob-havo va yoʻl sharoitini inobatga olib transport vositasini boshqarishni soʻragan.
Yangi yil kuni qor yogʻadimi
Avvalroq Oʻzgidromet dam olish kunlari baʼzi joylarda yogʻayotgan yomgʻir qorga aylanishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala