Agar Zelenskiy siyosatni qayta ko‘rib chiqmasa, Ukrainani Rossiyaga qo‘shib olish zarur – Qodirov

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishPress-konferensiya glavi Chechenskoy Respubliki R. Kadirova
Press-konferensiya glavi Chechenskoy Respubliki R. Kadirova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2021
Obuna bo‘lish
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov agar Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga qarshi siyosat yuritishda davom etsa, Ukrainani Rossiyaga qo‘shib olish zarurligini aytdi.
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov agar Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga qarshi siyosat yuritishda davom etsa, Ukrainani Rossiyaga qo‘shib olish zarurligini aytdi.
"Ukrainaliklar - bizning xalqimiz, bu bizning hududimiz. Bu mening fikrim", - dedi respublika rahbari Grozniyda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Shuningdek, u Ukraina “muammosini” o‘zi allaqachon hal qilgan bo‘lardi, lekin tegishli ko‘rsatma zarurligini aytdi.
" Yoki men Checheniston Respublikasini Ukrainaga qo‘shgan bo‘lardim yoki uni allaqachon olib qo‘yib, masalani o‘sha yerda hal qilgan bo‘lardim. Lekin shunday qarorlar qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaydigan davlat kelishuvlari bor", - deb ta’kidladi Qodirov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari Ukrainada o‘z harbiy bazalarini ochish va shu tariqa Rossiyaga shart qo‘yishdan manfaatdor. Checheniston rahbari Rossiya rahbari bunday rejalarning amalga oshishiga yo‘l qo‘ymasligiga ishonch bildirdi.
Qodirov o‘zini “buyruqni mutlaqo muammosiz bajarishga” tayyor bo‘lgan “piyoda askar” deb atadi, chunki “davlat va xalqimizning yaxlitligi va xavfsizligi – hammasidan muhim”.
Yangiliklar lentasi
0