Jamiyat

Ayrim davlat OTMlariga kontrakt narxini mustaqil belgilash huquqi berildi

Nalogi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.12.2021
Oʻzbekistonda 2022 yildan 35ta davlat oliygohlariga qator moliyaviy amaliyotlarni mustaqil amalga oshirish huquqi berilmoqda.
TOSHKENT, 27 dek - Sputnik. Kelgusi yilning 1 yanvaridan boshlab, 35ta davlat OTMlariga bir qator moliyaviy amaliyotlarni mustaqil belgilash huquqi berildi. Bu haqida Oʻzbekiston prezidentining 24 dekabr kuni imzolangan 61-sonli qarorida aytib oʻtilgan.
Qarorga koʻra, davlat OTMlarigi 2022 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar moliyaviy amaliyotlar boʻyicha mustaqil qaror qabul qilish huquqi beriladi:
kontrakt qiymatini, toʻlash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
mahalliy va xorijiy professor-oʻqituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
oʻz hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish;
xorijiyan oʻquv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalarni toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qilish;
boʻsh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar koʻrsatish tartibini belgilash;
avtotransport vositalarining yoʻl bosish yillik limiti va ularga xizmat koʻrsatish talablarini belgilash.
Shuningdek qarorga koʻra, ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari uchun davlat OTM xarajatlarini onlayn monitoring qilish imkoniyati yaratiladi.
Moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat OTMlari orasida TDYUU, TDIU, JIDU, TATU, Sharqshunoslik, Transport universitetlari, OʻDJTU, Texnika universiteti, Kimyo-texnologiya va Farmatsevtika institutlari, SamDU, SamDTI, SamDCHTI, Urganch, Qoraqalpoq, Buxoro, Namangan, Andijon, Fargʻona, Guliston Davlat universitetlari va boshqalar bor.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala