Jamiyat

Ayrim hududlarda -12 darajagacha sovuq boʻladi - Oʻzgidromet

© SputnikPerval "Taxtakoracha", Amankutan
Perval Taxtakoracha, Amankutan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.12.2021
Oʻzgidromet xabariga koʻra, Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatlarida -12 darajagacha, togʻli hududlarda -15 darajagacha sovuq boʻlishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 27 dek - Sputnik. Oʻzbekiston Gidrometerologiya markazi 27-30 dekabr kunlari uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi. Unga koʻra respublikaning shimoliy hududlarida -12 daraja sovuq boʻlishi kutilmoqda.
Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 28-29 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 30 dekabrda kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi. Ustyurtda 27 dekabrda kechasi 10-15° sovuq, 28-30 dekabrda kechasi 2-7° sovuqgacha, kunduzi 0-5° iliqgacha koʻtariladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat, 27-28 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 29 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3-8° iliq, 30 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi. Navoiy viloyatining shimolida 27 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 28-30 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida
Havo oʻzgarib turadi, 27 dekabrda kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkin. 28-30 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 dekabrda kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq, 28 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 29 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 30 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 28-29 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 30 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 6-11° iliq, boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida
Havo oʻzgarib turadi, 27 dekabrda baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi, 28-30 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Togʻli hududlarda
Havo oʻzgarib turadi, 27 dekabrda baʼzi joylarda qor yogʻadi. 28-30 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 dekabrda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 28 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 29-30 dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala