Bayden amerikaliklarni “Brejnev uslubi”da tinchlantirmoqda

© AFP 2023 / Chip Somodevilla / Getty Images North AmericaPrezident SShA Djo Bayden proiznosit vstupitelnuyu rech na virtualnom "Sammite za demokratiyu" v Vashingtone, okrug Kolumbiya
Prezident SShA Djo Bayden proiznosit vstupitelnuyu rech na virtualnom Sammite za demokratiyu v Vashingtone, okrug Kolumbiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyaga qarshi qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan sanksiyalar tugab borar ekan, G‘arb SSSRni "qulatish"da foydalangan uslublaridan najot izlamoqda, lekin bugun Rossiya do‘konlari rastalari G‘arbdan ko‘ra boy bo‘lsa borki kambag‘al emas.
Shu kunlarda G‘arbda bir tomondan Rossiyaga qarshi “do‘zaxiy sanksiyalar” yoki Rossiyani SWIFT tizimidan o‘chirish haqida chaqirirlar eshitilsa, boshqa tomondan ushbu choralar samarasiz ekani haqida aytimoqda. Lekin sanksiya tahdidlari muntazam eshitilib turibdi.
Mutaxassislar aytishiga ko‘ra, sanksiyalar iqtisodning bir bo‘lagiga yoki biror muayan biznesga ta’sir qilsa-da, umuman Rossiya yoki uning fuqarolari hayotida hech qanday ahamiyatga ega emas.
G‘arb faollarining so‘nggi vaqtda qilayotgan bayonotlaridan xulosa qilganda, ular arxivdan eski chang bosgan papkalarni olib, u yerda “Sovuq urush” yillarida SSSRni kuchsizlantirishga qaratilgan choralarga qarab “muvaffaqiyat formulasini” qidirayotganga o‘xshaydi.
Sobiq Ittifoq tarqalib ketganining 30-yilligi arafasida ana shunday uslubdagi maqolalar ayniqsa ko‘p chiqdi. Ularda G‘arb “ovoz”larida defitsit so‘ziga urg‘u berish, misol tariqasida G‘arbdagi supermarketlar polkalarini namoyish qilish kabi uslublar. Bular o‘sha vaqt ish bergandi-ku, balkim yana foydasi tegar?
Yaqinda AQSh Davlat Departamentining tajribali "kremlshunosi" Viktoriya Nuland senatorlarga “ukrainaliklar Sverdlovsk yoki Yekaterinburgga emas, ko‘proq Parij va Berlinga o‘xshashni xohlaydi” degan edi. Amerikalik eng nufuzli mutaxassisi ushbu ikkala nom ham bitta shaharga tegishli ekanini unutib qo‘ydimikan? Yekaterinburgning eski (sovet davridagi) nomini tilga olishi - uning eski arxiy hujjatlarni o‘rganayotganidan darak beradi.
Shundan so‘ng Germaniya yangi mudofaa vaziri Kristina Lambrext ham sanksiya sifatida rossiyalik amaldorolarga Parijdagi Yelisey bog‘iga xaridlar uchun borishni ta’qiqlab qo‘yishni taklif qildi.
Undan so‘ng Reuters agentligi esa AQSh Rossiyaga smartfonlarni eksport qilishga ta’qiq qo‘ymoqchi degan mish-mishlarni tarqatdi.
Bundan xulosa shuki, bizga yana arzimas tovarlar bilan bog‘liq defitsit o‘ylab topishmoqda. Agar buning iloji bo‘lmasa, Rossiya jamiyatida Gullab yashnayotgan Parij v Berlin tarafdorlari orasida qarama-qarshilik uyushtiriladi. Hozirdan ma’lumki “u tomonlarga faqat tanlangan kishilar yangi ayfon yoki aypad uchun borib kelishi mumkin bo‘ladi...
Eng qiziqarlisi, ushbu bayonot va tahdidlarning barchasi g‘arbiy savdo tarmoqlar, jumladan Amerika magazinlari ham ulkan muammolarga duch kelayotgan vaqtda e’lon qilinmoqda. Ushbu inqiroz naqadar jiddiy ekanligini AQSh prezidenti Jo Baydenning Rojdestvo bayrami arafasidagi murojaatidan bilib olsa ham bo‘ladi.
Prezident savdo porti dekoratsiyasi fonida biznes hamjamiyat va tovar yetkazib berish zanjirlarida uzilishlarga yo‘q qo‘ymaslik maxsus bo‘limiga murojaat qildi. Ushbu bo‘lim Jo Bayden tomonidan ushbu yiling iyun oyid tashkil qilingan edi.
Bayden, yuzida kulgu ifodasi bilan xalqqa “Ko‘pchillik tomonidan bashorat qilingan inqiroz sodir bo‘lmadi. Jo‘natmalar to‘xtab qolgani yo‘q. Sovg‘alar yetkazib berilmoqda. Do‘konlar polkalari ham bo‘shab qolgani yo‘q.
AQSh prezidenti Rojdestvo arafasida o‘zining eng katta yutug‘i sifatida magazin polkalari 90% to‘lib turgani haqida hisobot berishini 70-yillarda sovet davri Sverdlovskda yoki 2-3 yil oldin Yekaterinburgda hech kim tasavvur qila olmasdi.
G‘arb OAVlari so‘nggi vaqtlarda o‘z aholisini tez-tez sovet davridagi uy bekalarga o‘xshatayotgani ham bejiz emasga o‘xshaydi. Baydenni esa so‘nggi vaqtlarda ko‘proq Leonid Brejnevga o‘xshatishmoqda: Newsmax telekanali boshlavchisi Greg Kelli Jo Bayden tabrigi va sovet yo‘lboshchisining 70-yillardagi yangi yil tabrigi orasida ko‘plab o‘xshashliklar topdi.
G‘arb davlatlarida pandemiya va chegaralar yopilishi oqibatida magazinlar polkalari bo‘shab qola boshladi. Oldin amerikaliklar 1980-yillarda sovet xalqi magazinlardan tualet qog‘ozini qanday “supurib” ketayotganini hayrat bilan tomosha qilgan bo‘lsa, bizlar bir yil oldin Amerika va Yevropada shunga o‘xshash lavhalarni hayrab bilan kuzatdik. Boshida aholini tinchlantirib turishdi. Bularning barchasi vaqtincha holat, Xitoyda karantin tugasa hammasi yaxshi bo‘ladi, deb tinchlantirishgan bo‘lsa, bu yil – vaziyat yanada murakab tus oldi. Britaniyada aholining 50%dan ortig‘i, AQShda 50% aholi – tovar va mahsulotlar yetishmovchiligini his qilishdi. Bu Baydenning magazin polkalari to‘lib-toshib yotibdi degan hisobotiga biroz to‘g‘ri kelmaydi.
Endi bo‘lsa ekspertlar bir ovozdan oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj molllari inqirozi kelgusi yilda tugaydi deyishmoqda. Boshqa tahlilchilar fikriga ko‘ra, G‘arbda pandemiyagacha bo‘lgan iste’mol ta’minoti darajasi 2024-yildan so‘ng qaytadi deyishmoqda.
Biz g‘arblik liberallardan “bozor o‘zini o‘zi boshqaradi” degan gaplarni ko‘p marta eshitganmiz, lekin nega unda Bayden yetkazib berish zanjirlarida uzilishlarga yo‘q qo‘ymaslik uchun maxsus bo‘lim tuzdi? Demak davlat boshqaruvisiz, rejasiz Vashington ham krizisdan chiqib keta olmasligi aniq. Britaniyada ham agrosanoat guruhlari o‘z hukumatidan tezkorlik bilan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashni talab qilishmoqda. Ularning fikriga ko‘ra, bunday xavfsizlikka erishish oziq-ovqat mahsulotlarining kamida 60% davlat ichida ishlab chiqarilsagina – mumkin.
Ushbu munosabat bilan, bir narsaga “xursand” bo‘lishi kerak. G‘arbning Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalari va Rossiyaning ularga qarshi kontrsanksiyalari – pandemiyadan oldin, ayni vaqtida kiritilganiga. Bir necha yil sanksiyalar ostida bo‘lgan Rossiya o‘z agrosanoatini keskin rivojlantirishga ulgurdi. Agar ushbu cheklovlarni kiritish o‘tgan yildagi pandemiya sharoitida, chegaralar yopilganda sodir bo‘lganida - ancha mushkul bo‘lardi. Axir sanksilardan oldin (2013 yilda) Rossiya oziq-ovqat bozori aksariyat mahsulotlari xorijiy yetkazib beruvchilarga bog‘liq edi-da...
Shu o‘rinda, sanksiyalar dastlab Rossiyada ayrim tanqidchilar tomonidan qanday qabul qilinganini esga olsak o‘rinli bo‘lardi. O‘shanda ijtimoiy tarmoqlar va radiokanallar efirida qo‘qqisdan yo‘qolib qolgan parmezan eslab dod solganlar ham ko‘p bo‘lgan edi.
Oradan 7-yil o‘tib - Financial Times nashrining Moskvadagi vakolatxonasi rahbari Maks Seddon Rossiya sanksiyalardan yutib chiqqanini qayd etmoqdja.

“Putin 2014-yilda aksariyat g‘arb oziq-ovqatlarini ta’qiqlab qo‘yganidan keyin Rossiyada oziq-ovqat sohasi gullab-yashnamoqda. “Fermadan iste’molchi dasturxoniga” harakati tobora ommaviylashmoqda”, - deb yozadi britaniyalik jurnalist.

Shuningdek Seddon Moskvada uning yeyish ichishda hech qanday kamchilik his qilmayotgan hamsuhbatlarini Rossiya maxsus xizmatlarining xufiya va zararli harakatlari emas, G‘arbda tobora kuchayib borayotgan “Black Lives Matter” harakatida kuzatilayotgan “haddidan oshish”lar ko‘proq qiziqayotganini aytib o‘tgandi.
Nashrning ushbu sonda keltirilgan maqola aholini bardam bo‘lishga chaqiradi. Ayrim oziq-ovqatlar yetishmasligini oddiy xalqqa “Iso Masihning tug‘ilgan kunida Bayt-Lahmda bundan ham qiyin bo‘lgan” degan so‘zlar bilan izohlab berishadi. Shu sonning o‘zida bolalarga sovg‘a yetkazib bora olmagan Santa-Klausning yarim hazil yarim chin xati ham e’lon qilingan. Aftidan ular Baydenning "to‘lib-toshib yotgan do‘konlar" haqidagi gapini eshitmagan ko‘rinadi.
Ushbu vaziyatda g‘arb siyosatchilarining “ruslarga Yelisey bog‘ida xarid qilishni ta’qiqlash”, Parijni “Sverdlovsk” bilan solishtirish haqidagi gaplari yanada kulguli eshitiladi.
Albatta, G‘arb, qattiq istasa biz uchun muayan muammolara paydo qilishi mumkin. Ayrim tovarlaring, masalan smartfonlarning, sun’iy defitsiti tashkil qilish yo‘li bilan. Ha aytmoqchi biz unutib qo‘yibmiz, axir Apple kompaniyasining mahsulotlari Rossiya bozorida bir necha yil davomida sertifikatlanmasdan sotilgan edi. Ya’ni Apple mahsuloti yarim noqonuniy (seriy) sotilganini esga olsak bo‘ladi. Ehtimol ushbu termin amerikalik senatorlar va yevropalik vazirlar uchun unchalik tanish emas, lekin eski vaqtlarda SSSRni tarqatishda foydalanilgan, magazin polkalarini solishtirish uslubi hozir – ishlamaydi. Chunki solishtiruv har doim ham Parij foydasiga hal bo‘lmaydi. Nyu York va Londan esa - undan badtar.
Ana shunday vaziyat uzoq davom etishi mumkin. Amerikaliklarning 3/2 qismi allaqachon qo‘rquvga tushgan. Ularning fikricha kundalik ehtiyoj mollari yetishmovchiligi bundan buyon doimiy tus olishi mumkin. Faqat Jo Bayden, Leonid Brejnevdan, o‘rnak olgandek Yangi yil arafasida “AQShda vaziyat keskin yaxshilangani” haqidagi xabarlar bilan aholini xursand qilib turadi. Har holda u yerda Bayt-Lahm yulduzi chiqqan davrlardagi Sverdlovskdan yaxshiroq bo‘lsa kerak...
Yangiliklar lentasi
0