Jamiyat

Eng koʻp ajrashish Toshkent shahrida kuzatilmoqda - statistika

CC0 / marcojean20 / pixabay / Obruchalnыe koltsa na stole
Obruchalnыe koltsa na stole - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.12.2021
2021 yilning yanvar-noyabr oylarida hududlar kesimida kuzatilgan ajralishlar haqida maʼlumot berildi.
TOSHKENT, 27 dek – Sputnik. Davlat statistika qoʻmitasi yil boshidan beri eng koʻp ajrashish qayd etilgan hududlarni maʼlum qildi.
2021 yilning yanvar-noyabr oylarida ajralishlar soni boʻyicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda – 5120 ta oila buzilgan.
Keyingi oʻrinlarda Fargʻona (3917 ta), Samarqand (3793 ta ) va Toshkent viloyatlari (3770 ta).
Qolgan hududlarda:
Andijon viloyati – 3572 ta;
Namangan viloyati – 2805 ta;
Qashqadaryo viloyati – 2534 ta;
Surxondaryo viloyati – 2046 ta;
Buxoro viloyati – 1874 ta;
Xorazm viloyati – 1349 ta;
Qoraqalpogʻiston R. – 1305 ta;
Sirdaryo viloyati – 1282 ta;
Jizzax viloyati – 1172 ta;
Navoiy viloyati – 1121 ta.
Avvalroq Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov mahallasida oilaviy ajralish kuzatilmagan mahalla raislarga 10 mln soʻm mukofot berib, eng yaxshi sihatgohlarga yuborishni vaʼda qilgan edi.
Qarindoshlar orasida tuzilgan oilalarning qariyb 25 foizida nogiron farzand tugʻilgan
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala