Siyosat

Mirziyoyevning MDH rahbarlari norasmiy sammitidagi ishtiroki haqida maʼlumot berildi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev, arxivnoye foto
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.12.2021
28 dekabr kuni Sankt-Peterburgda MDH rahbarlarining norasmiy sammiti boʻlib oʻtadi.
TOSHKENT, 27 dek – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga (MDH) aʼzo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga boradi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tashabbusi bilan oʻtkaziladigan tadbir kun tartibidan MDH doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikka oid dolzarb masalalar oʻrin olgan.
Hamdoʻstlik mamlakatlari yetakchilari yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilishlari va hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari yuzasidan fikr almashishlari kutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin yil oxiriga qadar yana bir uchrashuv oʻtkazadi
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Rossiya prezidentlari 19 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi doirasida uchrashuv oʻtkazishgan edi. Oʻshanda 18 ta muhim davlatlararo hujjatlar imzolangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala