Siyosat

Oʻzbekiston va Rossiya yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishga oid bitim ishlab chiqmoqda

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishMeditsinskiye rabotniki v odnom iz otdeleniy gospitalya COVID-19
Meditsinskiye rabotniki v odnom iz otdeleniy gospitalya COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.12.2021
Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi ikki mamlakat yuqumli kasalliklar avj olishiga qarshi kurashish sohasida hamkorlik qilishga oid hukumatlararo bitim tuzish imkoniyatini koʻrib chiqayotganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 27 dek – Sputnik. Rossiya va Oʻzbekiston hukumatlari sanitariya-epidemiologik osoyishtalik sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo bitimni ishlab chiqmoqda. Bu haqda Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Oleg Malginov maʼlum qildi.
“Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va yuqumli kasalliklar avj olishiga qarshi kurashish sohasida hamkorlik qilishga oid hukumatlararo bitim tuzish imkoniyati koʻrib chiqilmoqda”, - dedi Malginov 2021 yil yakunlariga bagʻishlangan matbuot anjumanida.
Elchi koronavirus pandemiyasi davrida sogʻliqni saqlash va bioxavfsizlik sohasidagi hamkorlik alohida dolzarb tusga kirishini taʼkidladi.
Diplomat 2021 yilda rossiyalik shifokorlar brigadasi 2021 yilda oʻzbekistonlik hamkasblariga koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolashda koʻmak berishgani va tajriba almashishganini eslatdi.

Mavzuga oid:

Rossiya Oʻzbekistonga biolaboratoriya yaratishda yordam beradi
Rospotrebnadzor Oʻzbekistonda aylanuvchi koronavirus shtammining oʻzgarishini oʻrganadi
Oʻzbekistonga Rospotrebnadzor mutaxassislari tashrif buyurishdi
Rossiyalik shifokorlar Oʻzbekistondagi missiyani yakunladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala