O‘zbekistonda bemorlar Rossiyaning “MIR-19” preperati bilan davolanishi mumkin

© Press-slujba FMBA Rossii / Mediabankka o‘tishPreparat dlya lecheniya COVID-19 "MIR 19" zaregistrirovan v Rossii
Preparat dlya lecheniya COVID-19 MIR 19 zaregistrirovan v Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2021
Obuna bo‘lish
Nurmat Otabekov Rossiyaning “MIR-19” preparati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. O‘zbekiston tibbiyot xodimlari koronavirusni davolash uchun mo‘ljallangan “MIR-19” preparati bo‘yicha olib borilayotgan izlanishlarni diqqat bilan kuzatib bormoqda, agar barcha sinovlar yakunlangandan so‘ng, respublikada undan foydalanish mumkin, dedi O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov RIA Novostiga ma’lum qildi.
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi chorshanba kuni Federal tibbiyot-biologiya agentligi (FMBA) Immunologiya institutida ishlab chiqilgan “MIR-19” koronavirusini davolash uchun preparatni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Veronika Skvorsovaning aytishicha, preparat faqat shifoxonalarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan, biroq uni ambulator bemorlarni davolash uchun dorixonalarda sotish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

“Ha, biz Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “MIR-19” koronavirusini davolash uchun preparatni ro‘yxatdan o‘tkazganini bilamiz. Agar FMBA mutaxassislari tomonidan olingan ma’lumotlar asosli va ishonchli bo‘lsa, respublikamiz infeksionistlari, pediatrlari, reanimatologlari bu preparatga e’tibor berishadi”, - dedi Otabekov.

SES rahbari o‘rinbosari O‘zbekistonning COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislari koronavirusga tashxis qo‘yish, davolash va oldini olish sohasidagi barcha ishlanmalarni kuzatib borishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, standart terapiya bilan solishtirilganda “MIR-19” o‘z samaradorligini ko‘rsatdi.
Yangiliklar lentasi
0