Iqtisod

Oʻzbekistonda yengil avtomobillar importi kamaydi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishAvtomobil Hyundai
Avtomobil Hyundai - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.12.2021
Joriy yilning 11 oyi mobaynida Oʻzbekistonga qariyb 23 155 ta yengil avtomobil olib kelingan.
TOSHKENT, 27 dek – Sputnik. 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston qariyb 23 155 ta yengil avtomobil import qilgan. Bundan Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlari darak bermoqda.
25 ta xorijiy davlatlardan olib kelingan bu avtomobillarning qiymati 502,8 mln dollarga teng boʻlgan.
Yengil avtomobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 179 taga kamaygan.
Avtomobillar eng koʻp Xitoy (6 963) , Janubiy Koreya (5 630), Rossiya (4 167) va Qozogʻistondan (3 731) xarid qilingan.
“UzAuto Motors” 5−17 dekabr kunlari ishlab chiqarilgan avtomobillarni chaqirib oladi
Import qilingan mamlakatlar orasida Polsha (1 204), AQSH (479), Litva (427), Tailand (250), Germaniya (103) va Yaponiya (88) ham bor.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala