Kolumnistlar

Rossiya Ukraina iqtisodiyotiga yelkasini tutmoqda

© Sputnik / Vladimir FedorenkoMetallurgicheskiy kombinat, arxivnoye foto
Metallurgicheskiy kombinat, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.12.2021
Ukrainada yana “zrada” (xoinlik) aniqlandi: maʼlum boʻlishicha, noyabr oyida mamlakatga qiymat oʻzgarishida koʻmir importi 2020 yilning noyabriga qaraganda 2,6 baravarga koʻpaygan, Rossiya esa uni yetkazib beruvchi asosiy davlat boʻlib qolgan.
Va bularning bari Kiyev hukumatining son-sanoqsiz toʻla koʻmir ortilgan, dunyo okeanlari bagʻrida ukrain Qora dengizi portlari sari kezib yurgan kema karvonlari haqidagi oxiri yoʻq hikoyalaridan keyin. Albatta, kemalar Ukrainaga doʻst boʻlgan AQSH, Avstraliya va boshqa davlatlardan kelmoqda.
Ukraina noyabr oyida 328 million dollarlik jami 1,7 tonna koʻmir import qilgan. Qizigʻi shundaki, oʻtgan yil noyabrdagi import 1,6 tonnadan kamroqni tashkil qilgandi, lekin u mamlakatga 126 million dollarga tushgan. Yaʼni bir tonna koʻmirning oʻrtacha narxi bir yil ichida 2,3 baravarga koʻtarilgan – 81 dollardan 189 dollargacha.
Shu bilan birga Rossiyadan koʻmir yetkazib berish oʻtgan yil noyabri bilan taqqoslaganda jismoniy oʻzgarishda deyarli oʻsha darajada qolgan: 1,053 ming tonna (oʻtgan yil 1,058 tonna boʻlgan). Bu koʻmir uchun pullarni esa Rossiya yetkazib beruvchilari ukrain xaridorlaridan 2,4 baravar koʻproq olishgan: 197 million dollar (oʻtgan yil 83 million dollar).
Rossiya Yevropani muzlatishiga hojat yoʻq - buni ularning oʻzi uddalaydi
Qiziq fakt yana shundan iboratki, oktyabr oxirida Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi ichki talab ortib borayotgani sabab 1 noyabrdan Ukrainaga energetik koʻmir yetkazib berish toʻxtatilishi, taqiq kokslanadigan koʻmirga taalluqli emasligini xabar qilgandi. Buni Ukraina Oliy radasi qoʻmitasi rahbari Andrey Gerus ham tasdiqlagandi: “1 noyabrdan Rossiya Federatsiyasi Ukrainaga energetik koʻmir yetkazib berishni toʻxtatadi. Gap koʻmirning A (antratsit) i P markalari haqida bormoqda. Bundan koʻmirni DTEK (Lugansk IEM, Krivorog IEM), “Donbassenergo” (Slavnyan IEM) va “TexNova” (Darnits IEM, Sum IEM, Chernigovsk IEM)olib kirardi”.
Ammo fakt boʻyicha Rossiya koʻmiri noyabrda Ukrainaga yetkazib berilgan – har holda, ukrain bojxonasi maʼlumotlariga koʻra. Haqiqatdan, umumiy hajmda koʻmir yetkazib berish taxminan oʻlchashda beshinchi qismni tashkil etgan. Ular baribir boʻlgan. Shunday boʻlsada, ehtimol, bu ilgari olib kirilgan koʻmir “rastamojka”si choʻzilishi yoki ilgari tuzilgan shartnomalar boʻyicha yetkazib berishning tugashi bilan bogʻliq. Agar bu taxminlar toʻgʻri boʻlsa, dekabr yakunlariga koʻra Rossiyadan koʻmir yetkazib berish, chamasi, qayd etilmaydi. Ukrainalik energetiklar oʻz talablarini ukrain qazib chiqarish va “doʻst” mamlakatlardan keladigan yetkazib berishlar yordamida qondirishlari kerak boʻladi.
Koʻrinishidan, shunday ham boʻladi. Har holda Lugansk IEMda (Schastyeda joylashgan va 2014 yili “Aydar” batalonining ukrainalik jangarilari minalashtirgan IEM) koʻmir zaxirasi asta-sekin kamaymoqda. Lugansk IEM esa - bu yaxshi indikator. Koʻmir unga yoki LDNRdan (Lugansk, Donetsk xalq respublikalari. Ammo 2017 yilda Ukrainaning oʻzi nazorati ostidan boʻlmagan hududlar bilan iqtisodiy aloqalarni uzib, bunday yetkazib berishlarni bloklab qoʻygandi) yoki Rossiyadan yetkazib berilishi mumkin.
Ukraina, kiberxavfsizlik, hamkorlik: Putin va Bayden nima haqida suhbatlashdi
Gap shundaki, unga temir yoʻl tarmogʻi ukrain temir yoʻli bilan LDNR orqali ulangan. “Rossiya bilan sakkiz yil urush” davomida Kiyev Lugansk IEMni ukranin temir yoʻllari tarmoqlari bilan LDNRni chetlab oʻtuvchi bir necha kilometrlarda tutashtiruvchi chiziqlarni qurishni lozim deb hisoblamadi. Chamasi, ishonchi komil boʻlgan: “tajovuzkor” hamisha koʻmir bilan taʼminlaydi. Natijada Ukraina hukumati va regulyatorining kuni kecha Lugansk IEMni zudlik bilan gazga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishiga toʻgʻri keldi. Aks holda Lugansk viloyatining butun shimoli-sharqiy qismi nomaʼlum muddatga elektrsiz qolishi mumkin edi. Ukrainada sanoat bir kubometrini 2,7 (!) dollardan yetkazib berayotgan, gazdan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining tannarxi qancha boʻladi? Bu alohida mavzu.
Shu bilan birga Ukraina rahbariyati oʻzining qazib olayotgan zaxiralari va importi hozirgi IES va IEMlarning koʻmirga boʻlgan talabini qondirishga hatto toʻplab qoʻyishga imkon berishi haqida hikoya qilib, havas qilgulik optimizni namoyon etmoqda. Bi fikrlarga qator savollar bor.
Birinchidan, koʻmir qazib olishdagi hozirgi haybarakallachilikda qishda elektrsiz qolish xavfi tufayli Ukrainaning koʻmir qazib oluvchi korxonalari baribir uni qisqartirishadi - hatto oʻtgan yil bilan taqqoslaganda. Ikkinchidan, koʻmirni ishlatish haqida gapirayotib, bosh vazir Shmigal yana sovuq boʻlmagan davr maʼlumotlariga tayanmoqda, ammo Belarus elektr energiyasi yetkazib berilishi boʻlgan. Lekin asosiysi – uchinchidan – “tajovuzkor mamlakat” importi oʻrniga keladigan “doʻst mamlakat” importi qanchaga tushadi.
Rossiya koʻmirining bir tonnasi noyabrda ukrainaliklarga oʻrtacha 187 dollarga tushgan, Amerikaniki 265, Avstraliyaniki esa 389 dollarga tushgan. Yaʼni Rossiya koʻmirini Amerika va Avstraliyaning “demokratik” koʻmiri bilan siqib chiqarishda xarajatlar bir necha baravarga oshmoqda. Maʼlumki, Ukraina – boy mamlakat va amerika teplovozlari yoki frantsuz vertolyotlarini bozor narxidan bir yarim-ikki baravarga qimmat narxda sotib olishga oʻziga imkon berishi mumkin. Lekin oʻshanda hozir ukrain bozorida bir kilovatt narxi 9-10 rubl atrofida boʻlgan elektr energiyasi narxi ham boshqacha boʻladi.
Bir necha oy oldin Ukraina energetika vaziri German Galushenko qish mavsumini boshdan kechirish uchun Ukraina 3,5 million tonna koʻmir import qilishi kerakligini prognoz qilgandi. Bu issiqlik generatsiyalariga yarim milliard dollardan koʻproqqa tushadi. Hozirgi vaziyatda oʻsha hajmga bir milliard kiritishga toʻgʻri keladi va uni biror bir yerdan izlash kerak. Bu hajmning yetishi ham savol ostida.
Ukraina: inqiroz yubileyi
Ukraina uchun yaxshi xabar ham bor. Yuqorida taʼriflanganlarning bari energetik koʻmirga va ukrain energetiklariga taalluqli. Ukrain metallurgiyasi esa, koʻrinishidan, keyinchalik ham koʻpchincha Rossiya xomashyosi sabab ishini davom ettiradi. Bu noyabrda Rossiyadan import qilingan faqat 840 ming tonna kokslanadigan koʻmir emas (uning importi noyabrda 1,4 million tonnani tashkil etgan), balki 72 ming tonna bevosita koks hamdir (import jami 100 ming tonnani tashkil etgan).
Agar bu yetkazib berishlar yoʻli ham yopilganda, Ukrainada metallurgiya ishlab chiqarishning kattagina qismi toʻxtab qolgan boʻlardi – mamlakat uchun valyuta olib keladiganlardan biri. Shunday ekan Ukrainaning uning iqtisodiyotining asosiy sohalaridan birini qoʻllab-quvvatlashda davom etayotgan “tajovuzkor”ga minnatdorchilik bildirishdan oʻzga chorasi yoʻq.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala