Jamiyat

Toshkent metropoliteni Rossiyadan yana 14ta poyezd sotib oladi

© Press-slujba AO "Uzbekiston temir yullari"Tashkentskiy metropoliten polnostyu poluchil ot "Transmashxoldinga" 40 novыx vagonov
Tashkentskiy metropoliten polnostyu poluchil ot Transmashxoldinga 40 novыx vagonov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.12.2021
Toshkent metropoliteni Rossiyaning "Metrovagonmash" zavodidan yana 14ta tarkib xarid qilishni rejalashtirgan.
TOSHKENT, 27 dek - Sputnik. Toshkent metropoliteni yangi yilda Rossiyaning "Metrovagonmash" korxonasidan yana 14ta tarkib xarid qilishni rejalashtirgan. Bu haqida kompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishiga koʻra, Toshkentda metropolitenida 2021 yilda yoʻlovchilar soni sezilarli darajada oshgan. Xususan, 2020 yil hisobida "Toshkent metropoliteni"da kunlik yoʻlovchi tashish oʻrta hisobda 250-300 mingni tashkil etgan boʻlsa hozirgi kunga kelib 380-420 ming yoʻlovchini tashkil etmoqda.
Ushbu munosabat bilan, Toshkent metropoliteni yoʻlovchilar soni koʻp boʻlgan vaqtlarda poyezdlar qatnovi oraliq intervalini qisqartirgan. Xususan:
"Chilonzor" yoʻnalishida - 3 daqiqagacha;
"Oʻzbekiston" yoʻnalishida - 4 daqiqagacha;
"Yunusobod" yoʻnalishida - 7 daqiqagacha.
Undan tashqari, oʻtgan davr mobaynida Rossiya Federatsiyasining "Metrovagonmash" korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 91,3 million Yevro boʻlgan 60 ta vagondan iborat 15 ta zamonaviy harakat tarkibi olib kelingan edi.
Rossiya poyezdlarini Oʻzbekistonga yetkazib berish "VEB.RF" Rossiya davlat korportsiyasi va Roseksimbankning kreditlari va Oʻzbekiston davlat byudjeti mablagʻlari asosida amalga oshirlmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala