Infografika

Yangi yil archasini chiroyli bezatish sirlari

Chiroqlar girlyandasini birinchi bosqichda qoʻshing. Oʻshanda chiroq nuri oʻyinchoqlarga orqa tomondan tushib turadi va ularni chiroyli yoritadi.
TOSHKENT, 24 dek - Sputnik. Yangi yilni chiroyli archa bilan oʻtkazish uchun uni bezash sirlarini bilish kerak.
Chiroyli Yangi yil muhitini yaratish uchun archa bezaklariga yiltillab yonib-oʻchib turgan girlyandani albatta qoʻshing. Chiroqlar girlyandasini birinchi bosqichda qoʻshing. Oʻshanda chiroq nuri oʻyinchoqlarga orqa tomondan tushib turadi va ularni chiroyli yoritadi.
Ikkinchi bosqichdab asosiy oʻyinchoqlar rangini tanlash kerak boʻladi. Biz siz uchun eng bir-biriga mos keladigan ranglarni tanladik:
Koʻk, moviy, kumushrang
Qizil, jigarrang, oltinrang
Koʻk, kumushrang
Kumushrang, oltinrang, moviyrang
Qizil, oltinrang
Yashil, kumushrang
Keyingi bosqichda – boshqa oʻyinchoqlarga mos kelmaydigan yirik oʻyinchoqlarni qoʻshing. Ana shunda koʻp yil oldin sotib olingan oʻyinchoqlar ham umumiy manzaraga mos tushadi. Diqqatni jalb qiladigan tasma, bantik va boshqa elementlarni qoʻshing. Asosiysi - ushbu oʻyinchoqlarda bitta asosiy rang takrorlanib tursa yaxshi.
Soʻnggi bosqich – Archa uchini bezating va uning ostiga sovgʻalarni joylashtiring.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala