Yangi yildagi eng yoqimsiz korporativ sovg‘alar

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishOtpravka podarkov mirotvorsam v Nagorniy Karabax
Otpravka podarkov mirotvorsam v Nagorniy Karabax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2021
Obuna bo‘lish
Mutaxassislar etiket bo‘yicha Yangi yilda mijoz va hamkorlarga berish tavsiya etilmaydigan tuhfalar nomlarini keltirib o‘tishdi.
Yangi yilda hamkorlarga qanday sovg‘alar berish mumkin? Bu har yili kompaniyalar uchun yaxshigina boshog‘riq. Va har yili bayramdan so‘ng stollarda keraksiz kanselyariya buyumlari va befoyda sovg‘alar yig‘ilib qoladi. Yangi yilda hamkorlarga qanday sovg‘alar berish mumkin emasligi haqida etiket bo‘yicha ekspertlar RIA Novostiga so‘zlab berdi.
Tatyana Baranovaning fikricha, hamkorlarga korportiv logotip tushirilgan maska, qo‘lqop va antiseptik tuhfa qilish kerak emas, chunki endi pandemiya- eski mavzu.
“O‘tgan yili ko‘p kompaniyalar mijoz va hamkorlariga kun tartibida bo‘lgan mavzularda: niqoblar, qo‘lqoplar, antiseptiklar- brend yoki maxsus tayyorlangan himoya vositalari yoki shunga o‘xshash sovg‘alar berishdi. Bu yil esa pandemiya mavzusi eskirgan, hatto ba’zilar uchun zerikarli bo‘lishi mumkin. Yaxshisi, o‘ziga xos sovg‘alar bergan ma’qul” deydi u.
Baranovaning so‘zlariga ko‘ra, atir, kosmetika, oziq-ovqat mahsulotlari, aksessuarlar yoki sport mashg‘ulotlari uchun trenajerlar kabi sovg‘alarni har xil tushunish mumkin.
“Agar biz sovg‘a berayotgan insonni yaxshi bilmasak, uning nimani afzal ko‘rishini ham bilmaymiz. Suvenirlar, bloknotlar yoki korporativ logotip tushirilgan archa bezaklarini sovg‘a sifatida bermagan ma’qul, katta ehtimol bilan mijoz va hamkorlar ulardan foydalanishmaydi” deydi Baranova.
Uning fikriga milliy etiket va protokol ekspertlari assosiatsiyasi rahbari Albina Xolgova ham qo‘shiladi. U Yangi yilda hamkorlarga shaxsiy gigiyena vositalarini sovg‘a qilmaslikni maslahat berdi.
“Shuningdek, sovg‘ali sertifikatlar ulashish ham yaxshi g‘oya emas. Bir vaqtlar ijtimoiy tarmoqlarda so‘rovnoma o‘tkazganimda, ko‘pchilik sovg‘a sifatida sertifikat olishni xohlashlarini aytgan. Sovg‘a berishning asl maqsadi- ajablashtirish va xursand qilishdir. Sertifikat berganimizda ajablantira olmaymiz, balki ma’lum bir do‘kondan sotib olishga majbur qilamiz. Agar o‘sha do‘konda biz xohlaydigan narsalar bo‘lmasachi?” deya tushuntirdi mutaxassis
Bundan tashqari, etiketga ko‘ra, yangi yil sovg‘asi sifatida mashhur brend soati nusxasi, bo‘yinbog‘ yoki babochka, kiyim-kechak tuhfa qilish ham mumkin emas.
Yangiliklar lentasi
0