Migratsiya

Yaqin kelajakda migrantlardan voz kechishning hech ilojisi yoʻq - Xusnullin

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishStroitelstvo novogo passajirskogo terminala v aeroportu Tolmachevo
Stroitelstvo novogo passajirskogo terminala v aeroportu Tolmachevo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.12.2021
Yaqin kelajakda qurilish maydonlarda migrantlardan voz kechishning ilojisi yoʻq – Marat Xusnullin.
TOSHKENT, 27 dek — Sputnik. Yaqin kelajakda qurilish maydonlarida migrantlardan voz kechishning hech ilojisi yoʻq, dedi Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Marat Xusnullin “Vedomosti” gazetasiga bergan intervyusida. RIA Novosti.

"Yaqin yillarda bunday qaror qabul qilishning ilojisi yoʻq. Shahar faqat ularning sonini cheklashi mumkin. Haqiqatning koʻziga tik qaraylik! Migrantlarning boshqa davlatdan kelishi, boshqa tilda gaplashishi, ularning madaniyati boshqa boʻlishi odamlarga yoqmaydi. Lekin migrantlar ishga jalb qilinganda xizmatlarning tannarxi ancha arzon boʻladi ", - dedi u Moskva meriyasining yaqin xorijdagi mehnat migrantlaridan voz kechish rejalari haqida izoh berganda.

Bosh vazir oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, migrantlar mehnatidan foydalanadigan barcha xizmatlar, agar ularni jalb etishdan voz kechilsa, ularning narxi kamida 30 %ga oshadi.

"Bu holda, kim koʻchalarni tozalaydi? Kim quradi? Ularning mehnati ishlatiladigan barcha xizmatlarning narxi kamida 30%ga oshadi. Buning uchun oxirgi isteʼmolchi toʻlaydi”, - dedi Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari.

Xusnullin "hozir mamlakatda 6 million xorijlik va 75-78 million ishlaydigan rossiyaliklar mavjud", deb qoʻshimcha qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala