Jamiyat

Yongʻin xavfsizligi xodimi sifatida noqonuniy pul undirayotgan firibgarlar paydo boʻldi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishJiloy dom dlya pereseleniya po programme renovatsii v Moskve
Jiloy dom dlya pereseleniya po programme renovatsii v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.12.2021
Firibgarlar ishonuvchan fuqarolardan 20-40 ming soʻm undirib olayotgani kuzatilmoqda. Ular goʻyoki bu majburiy soliq yoki kommunal toʻlov deb aldashmoqda.
TOSHKENT, 27 dek – Sputnik. Oʻzbekistonda kuz-qish mavsumi boshlanishida oʻzlarini davlat yongʻin nazorati organlari xodimi sifatida tanishtirayotgan firibgarlar paydo boʻlmoqda. Adliya vazirligi bunday firibgarlarning xatti-harakatidan ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, firibgarlar fuqarolardan yillik 20-40 ming soʻm atrofida majburiy tarzda soliq yoki kommunal toʻlov sifatida noqonuniy yigʻish holatlari kuzatilmoqda.
Kelib tushgan murojaatlar oʻrganilganda, ushbu harakatlar turli xil shaklda tashkil etilgan, asosan nomida “yongʻin”, “olov”, “qarshi kurash”, “xavfsizlik”, “himoya” kabi soʻzlardan iborat boʻlgan va yongʻinning oldini olish aks etgan turli xil ramzlar tushirilgan muhr-shtamplardan foydalanib kelayotgan tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan amalga oshirib kelinayotganligi aniqlangan.
Soxta saytlar oʻzbekistonliklarni “Uzcard” nomidan aldamoqda
Vazirlik ayrim shaxslar tomonidan oʻzlarini “davlat yongʻin nazorati organlari xodimi” sifatida tanishtirgan holda yolgʻon maʼlumotlar asosida fuqarolardan majburiy toʻlov toʻlanishini talab etishi noqonuniyligini maʼlum qilgan.
Fuqarolar majburiy tarzda quyidagi kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarni belgilangan tartibda toʻlab borishi lozimligi eslatilgan:
sovuq suv taʼminoti;
isitish va issiq suv taʼminoti (koʻp qavatli uylarda);
elektr taʼminoti;
gaz taʼminoti;
kanalizatsiya (isteʼmolchi ulangan boʻlsa).
“Shu oʻrinda takroran maʼlum qilinadiki, yongʻin va uning oldini olish bilan bogʻliq biron bir toʻlab borilishi shart boʻlgan kommunal toʻlov yoki soliq qonunchilikda mavjud emas”, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala