Video

2022 yilda Oʻzbekiston iqtisodiyotini nima kutmoqda - video

Oʻzbekistonda 2020-2021-yillarda boshlangan loyihalar kelgusida respublika iqtisodiyotiga qanday taʼsir koʻrsatadi? MDH Ijroiya qoʻmitasi vakili, iqtisodchi Mixail Miskin Sputnik Oʻzbekiston muxbiri bilan suhbatda oʻz prognozini bildirdi.
Oʻzbekiston pandemiya bilan kurash davom etishiga qaramay, faollik bilan koronainqirozidan tiklanmoqda. MDH davlatlari orasida respublika oʻzaro va tashqi savdoda YAIMning eng yuqori oʻsish surʼatlarini koʻrsatmoqda.
MDH Ijroiya qoʻmitasining Iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori Mixail Miskin Sputnik Oʻzbekiston muxbiri bilan suhbatda shu haqda soʻzlab berdi.
"2015 yilgacha Oʻzbekiston YAIM oʻsish surʼati qariyb 7-9 %ga yetgandi. 2020 yilda YAIM oʻsish surʼati 1,6 foizni tashkil etdi - bu pandemiyaning taʼsiri. Lekin 2021 yilning toʻqqiz oyida oʻsish surʼati deyarli 7 %ga yetdi. Tasavvur qiling, mamlakat vaziyatni qanchalik tez va samarali yengdi” -
Mixail Miskin
MDH Ijroiya qoʻmitasining Iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori
Ekspertning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston pandemiyaning biznesga taʼsirini koʻp jihatdan respublikada bir necha yil avval boshlagan loyihalar tufayli tezda yengdi.
"2020 yilda Oʻzbekiston birinchi marta MDHga raislik qildi. Bu respublikaning Hamdoʻstlik mamlakatlari bilan oʻzaro hamkorligi doirasini kengaytirdi", - deydi Mixail Miskin.
Ogʻir yil boʻlishiga qaramay, Oʻzbekiston yuzdan ortiq tadbirlar oʻtkazishga, mingdan ortiq masalalarni hal etishga, 70 taga yaqin davlatlararo hujjatlarni qabul qilishga muvaffaq boʻldi, deb taʼkidladi ekspert.
“Yil murakkab boʻldi, ammo munosabatlar rivoji jihatidan qiziqarli boʻldi, - deydi ekspert. - Mamlakat qishloq xoʻjaligi, sanoat ishlab chiqarishi, savdo-sotiq, jumladan, MDH davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish yoʻlida bormoqda va bu koʻrsatkichlar oʻsib borishidan dalolat beradi".
Oxirgi besh yilda Oʻzbekiston eksporti 25 %ga oʻsdi. Sanoat ishlab chiqarishining oʻsish surʼati har yili 6-14% ni tashkil etdi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish ham barqaror oʻsib bormoqda, deb taʼkidlaydi Miskin.

“Bularni barchasi Oʻzbekistonning toʻgʻri, samarali iqtisodiy siyosatini tavsiflaydi”, — deb xulosa qiladi ekspert.

Respublika iqtisodiyoti tiklanayotganini hisobga olganda, Oʻzbekistonda 2022 yilda inflyatsiya darajasi oʻtgan yillar darajasidan oshmaydi, deb hisoblaydi mutaxassis.
Intervyuni toʻliq Sputnik Oʻzbekiston YouTube-kanalida koʻrishingiz mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala