Anjirning foydali xususiyatlari

© Sputnik / Tomas TxaysukInjir
Injir - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2021
Obuna bo‘lish
Anjir mevasi qayd qilish, lohaslik, bosh og‘rig‘i kabi yoqimsiz simptomlarni qoldiradi.
Anjirni kunlik ratsionga kiritish lozim, chunki unda to‘qimalar ko‘p. Bu haqda parhezshunos Svetlana Fus RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, anjir tarkibidagi to‘qimalar hazm qilish tizimini meyorlashtiradi.
Shuningdek, anjir prebiotik vazifasini bajaradi, ya’ni ichaklarda yashaydigan bakteriyalarga oziq bo‘ladi.
“Aynan shuning uchun anjirni qabziyatda iste’mol qilish kerak. Biroq uni meyoridan ortiq iste’mol qilish diareya va meteorizmga olib kelishi mumkin”, - deya ogohlantiradi shifokor.
Bundan tashqari, anjir vitaminlar va minerallarga boy. Uning tarkibida kaliy, kalsiy, fosfor, magniy, temir, mis hamda V1, V3, PP va C vitaminlari ham bor.
Quritilgan anjir anemiya (kamqonlik)dan aziyat chekayotganlar odamlar uchun foydali: uning tarkibida temir moddasi olma mevasiga qaraganda ancha ko‘p.
Ushbu mevadan shuningdek, isitmani tushiruvchi, yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida ham foydalanish mumkin. Shu sababli uni shamollash vaqtida iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Xususan, mashhur meva bosh og‘rig‘i, qayd qilish va lohaslik simptomlarini ham qoldiradi. Anjirni migren va karaxtlikda ham iste’mol qilish samarali.
Mavzuga oid:
Qanday ichimlik xolestirinni kamaytirib, yurakni himoya qiladi
Apelsinning zararli jihatlari haqida bilasizmi
Anor sharbati foydasi
Mandarin: shifokorlar mevaning foydasi va zarari haqida
Kimlarning banan yeyishi qat’iyan mumkin emas
Yangiliklar lentasi
0