Kolumnistlar

Britaniyaliklar Ukrainadan qochishga hozirlanishmoqda

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishVoyennoslujaщiye vo vremya sovmestnыx ucheniy Ukrainы i stran NATO Rapid Trident-2021
Voyennoslujaщiye vo vremya sovmestnыx ucheniy Ukrainы i stran NATO Rapid Trident-2021  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.12.2021
Buyuk Britaniya harbiylari, vaziyat shuni taqozo qilsa, Ukrainadan “juftakni rostlashga” shaylar.
Evakuatsiya rejalari haqida Angliyaning “Daily Express” nashri barchani uning askarlari ukrain hududida ruslar bilan jang qilmasligiga ishontirgan Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uollesga tayangan holda xabar qildi. Vazir buning “boʻlish ehtimoli gʻoyat kam” ekanini aytgan. Gazeta maʼlumotlariga koʻra, aksariyat britaniyaliklar Yavorov shahri hududida joylashgan va u yerdan Polshagacha bir qadam. Agar “Rossiya bilan urush boshlangudek boʻlsa”, ularni oʻsha yoqqa evakuatsiya qilishmoqchi.
Ukrainadagi Britaniya harbiylari soni haqida aniq maʼlumot yoʻq. Britaniya mudofaa vazirligi saytida quyidagilar yozilgan: “Britaniya armiyasi, <…> dala va tibbiyot tayyorgarliklaridan boshlab snayper, zihrli texnika va artilleriya kurashiga oid kurslargacha, ukrain qurolli kuchlarini mashq qildirib, Ukrainaga yordam bermoqda”.
U yerga, dala instruktorlaridan tashqari, kibertahdidning oldini olish boʻyicha (bir vaqtning oʻzida yaratish boʻyicha ham) mutaxassislar yuborilgani maʼlum. Donetsk xalq respublikasi (DXR) razvedkasi maʼlumotlariga koʻra, Donbassning Kiyevning nazorati ostida qismida hozir kimyo quroli boʻyicha Britaniya mutaxassislari guruhi boʻlib turibdi. DXR dushman zaharli moddalar bilan hujum qilishga tayyorlanayotgani haqida xulosa chiqargan.
2018 yilda Ukraina hududida Oliyhazratlari armiyasining 77-gibrid brigadasi harbiy xizmatchilari faoliyat yuritayotgani haqidagi xabar paydo boʻlgandi. Brigada “yangi urush va mojarolar chaqiriqlariga barcha imkoniyatlarni bir butun” qilish uchun tuzilgani aytilgan. Chunki jang maydonidagi xatti-harakatlar hamisha ham faqat zoʻravonlikni talab qilmaydi, boshqacha qilib aytganda, axborot urushini olib borish uchun.
Rossiyaning Gʻarbga ultimatumi: u qabul qilinmasa nima boʻladi?
Soʻnggisi, ayniqsa, “Rossiya tomonidan harbiy tahdid” boʻrttirilayotgan vaqtda London uchun alohida ahamiyatga ega. 2015 yilda boʻlgani kabi Ukraina uchun harbiy katerlarni qurish yoki u yerga eski “Samson” BTRlarini joʻnatilgandan koʻra muhimroq ahamiyatli.
Kun ora Britaniya nashrlarida “Ukrainaga hujum qilishga tayyorlanayotgan” Rossiya haqidagi xabarlar chop qilinib turibdi.
Agar bunga bahona boʻlmasa, Britaniyaning xavfsizlik masalalari boʻyicha vaziri Demian Haydnsdek harakat qilish mumkin: U shunchaki Rossiyani Xitoy, Eron va Shimoliy Koreya bilan bir qatorda Buyuk Britaniya uchun eng xavfli mamlakatlar roʻyxatiga kiritdi: “Ular axborot operatsiyalarini oʻtkazishlari mumkin va oʻtkazishyapti va ularda turli yoʻllar bilan qatnashishyapti”.
Bu boradagi Londonning oʻzining gʻayratli harakatlari haqida vazir lom-mim demadi. U maqtangulik narsalar ham edi-ku.
Rossiya va AQSH oʻrtasidagi muzokaralar arafasida Angliyada oʻta gʻayrat bilan “ayyor” Kreml timsolini yaratishmoqda. Asosiy vazifa – NATO va Rossiya oʻrtalaridagi munosabatlarda roʻy berayotgan narsalarning xolis bahosiga yoʻl qoʻymaslik.
NATO “Rossiya rejimi” bilan Estoniyada tank jangiga kirishdi
Rossiya uchun xavfsizlik kafolatlarini talab qilayotib, Vladimir Putin aniq pozitsiyani bildirdi. “Rossiya oʻz chegaralarida begona guruhlarni koʻrishni istamaydi. Bu tushunish unchalik qiyin emas. Tasavvur qiling, agar Xitoy Kanada bilan ittifoq tuzsa, nima boʻlgan boʻlardi? Qudratli davlatlar bunga chidamaydi” – Boston universiteti professori Joshua Shifrinson Putinning talablarini adolatli deb hisoblaydi. Qoʻshimcha qilish joizki, gap Rossiyaga nisbatan oldindan adovatli boʻlgan NATO va Ukraina bilan bogʻliq alyans haqida bormoqda.
Butun Gʻarb pozitsiyasi – oshkora narsani har qanday yoʻl bilan boʻlsada, tan olmaslik. “NATO mamlakatlari orqali (Ukrainaga) qurol-yaroq yetkazib berish yoʻllarini ochish ustuvor boʻlishi shart <…>. Ukraina Yevropa xavfsizligini asosiy masalasi ekani va ittifoqchilar Rossiya bilan qoʻshma iqtisodiy loyihalardan, masalan, “Shimoliy oqim-2”dan bosh tortishga tayyorligini aniq belgilab olmoq zarur”, - deya yozadi Britaniyaning “Chatham House” tahliliy markazi xodimi Orыsya Lutsevich, ukrainaliklarning jang qilishga shayligi xususida mulohaza yuritayotib. – Ukrainani qoʻllarida qurol bilan himoya qilishga tayyorliklarini uning 60 foiz fuqarosi bildirgan”.
Avvaliga Londonning, keyin Nyu-Yorkning “Tayms”i “Rossiya hujumi taqdirida” partizan urushini olib borish uchun Kiyev yaqinida mashq qilayotgan Ukrainaning zaxiradagi askarlarini borasida oʻxshash maqolalar chop qildi. “Qanchalik koʻp tobut joʻnatsak, ruslar shunchalik chuqur oʻylashadi”, - deya ular Britaniya va Amerikadagi oʻquvchilar bilan oʻz orzulari bilan boʻlishishgan.
Rossiya TIV NATO bilan xavfsizlik boʻyicha muzokaralarning asosiy masalalarini maʼlum qildi
“Partizanlarning” jangovar shayligi London eksperti Lutsevichnikiga qaraganda Nyu-York nashrida ancha past baholangan: “Ukraina uchun” urush qilishga 60 emas, 24 foiz kishi tayyor. Bunday mos kelmaslik tadqiqotning xolisligi yuzasidan qator savollarni keltirib chiqaradi, agarda u haqiqatdan ham oʻtkazilgan boʻlsa. Gʻarb matbuotida ukrainlar oʻrniga ular buni xohlashadimi yoki yoʻqmi degan savollarga oʻzlari javob bergan holda ularni piyoda sifatida yoʻrgʻalatishmoqda.
“Arab” bahori aylantirilgan yillarda shunga oʻxshash narsalar sodir boʻlgandi. Oʻshanda ham rejimlarning qattiqqoʻlligi va jasur qarshilik koʻrsatishlar haqida yozib, keyin qurbonlari soni sanash va ular xunini “zolim va mustabidlar” boʻyniga ilish uchun oshkorga igʻvolarni dastaklashgandi. Va ularni shubhasiz jazolash zarur deb jar solishgandi.
Putin Ukraina yangi harbiy operatsiyani tayyorlayotgan boʻlishi mumkinligidan ogohlantirdi
Afgʻonistonda dakki yeb, NATO ittifoqchilari oʻz shakllarini oʻzgartirib olishdi: maʼlum boʻlishicha, ular shunchaki “dunyoning boshqa qismlaridagi harakatlar uchun kuchlarni ozod qilishgan”. Kobuldan qochishni davlat kotibi Entoni Blinkin shunday tushuntirdi.
Endi aynan qayerda “harakat qilishmoqchi”, u buni ochiqlamadi. Ammo Afgʻonistondagi muvaffaqiyatsizlik oʻz izini qoldirmay ketmadi: “Putinning Ukrainaga bostirib kirishi” atrofidagi vasvasani boʻrttirib, britaniyalik harbiy boshliqlar u yerdan qochishga tayyorliklarini bildirishdi.
Uzoqni oʻylab qilingan ish. Yana nima ham deyish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala