Iqtisod

HUMO va Uzcard terminallari bir-birining kartalarini qabul qilishni boshlaydi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishPlatejnыy terminal dlya bankovskoy kartы
Platejnыy terminal dlya bankovskoy kartы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.12.2021
Endilikda bitta terminalda ham Uzcard ham Humo kartalariga xizmat koʻrsatish mumkin boʻladi.
TOSHKENT, 28 dek – Sputnik. Uzcard va HUMO toʻlov tizimlarini integratsiya qilish jarayonining birinchi bosqichi yakunlandi. Yaqin kelajakda ikkala tizim kartalariga bitta terminalda xizmat koʻrsatish mumkin boʻladi.
Markaziy bank xabariag koʻra, ilgari terminallarda cheklovlar mavjud boʻlgan boʻlsa, endilikda bitta terminalda ham Uzcard ham Humo kartalariga xizmat koʻrsatish mumkin boʻladi.
“Yaqin kelajakda kassir tomonidan har bir karta uchun turli terminallarning taklif qilinishi shart boʻlmaydi — savdo va xizmat nuqtalari ikkala toʻlov tizimiga xizmat koʻrsatadigan bitta apparatga ega boʻladi”, — deyilgan xabarda.
Integratsiya memorandumi doirasida Uzcard va HUMO quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlikni davom ettiradi:
karta egalari, banklar, toʻlov tashkilotlari va chakana savdo shoxobchalari manfaatlarini himoya qilish;
texnologiyalarni takomillashtirish va naqd pulsiz hisob-kitoblarni ragʻbatlantirish infratuzilmasini kengaytirish;
toʻlov infratuzilmasi ishonchliligi va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha loyihalarni amalga oshirish.
MB “QIWI Uzbekistan” elektron pullar tizimini roʻyxatdan oʻtkazdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala