MDH davlatlari SSSRdan keyin qolgan aloqalar tufayli pandemiyadan yaxshiroq o‘tmoqda - Putin

© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v forume "Rossiya zovet!"
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v forume Rossiya zovet! - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2021
Obuna bo‘lish
MDH davlatlari SSSRdan keyin qolgan aloqalar tufayli pandemiyani yaxshiroq boshdan kechirmoqda - Vladimir Putin.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Tarixiy aloqalar va hamkorlik Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlariga pandemiya davridan boshqa davlatlarga qaraganda yaxshiroq o‘tish imkonini bermoqda, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
MDHning norasmiy sammitida Rossiya prezidenti so‘nggi o‘n yilliklar davomida ko‘plab tub o‘zgarishlar bo‘lganini, biroq Hamdo‘stlik tashkil etilishi o‘zi oqlanganini ta’kidladi. Mamlakatlar ko‘plab yo‘nalishlarda, jumladan, xavfsizlik va iqtisodiyot sohasida hamkorlikni mustahkamladi.

Sovet Ittifoqi davridan beri saqlanib qolgan aloqalar ijobiy rol o‘ynamoqda - umumiy aloqalar, sheriklar kabi ishlaydigan umumiy korxonalar - yuqori darajadagi hamkorlik kooperatsiyasi, bularning barchasi nafaqat saqlanib qolgandi, balki butunlay yangi zaminda, mutlaqo yangi bazada rivojlantirildi. Bu bizga pandemiyaning og‘ir davridan o‘tish imkoniyatini bermoqda

Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin
Rossiya prezidenti
Bundan tashqari, Rossiya prezidenti koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha kelgusidagi ishlar to‘g‘risida ma’lumot berish uchun Rossiya bosh sanitariya vrachi Anna Popovani taklif qildi.
Rospotrebnadzor rahbari ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va biologik xavfsizlik tahdidlariga qarshi axborot almashish uchun yagona mintaqaviy tizimni yaratishga chaqirdi.
"Pandemiya fonida dunyoning ko‘plab davlatlarida yuqori darajadagi biologik himoya laboratoriyalarini yaratishga ko‘p mablag‘ sarflanmoqda. Shubhasiz molekulyar epidemiologiya, biologik xavfsizlikni ta’minlash uchun investitsiya, kadrlar, infratuzilma, ilmiy markazlar va laboratoriyalar talab qilinadi”, - dedi u MDHning norasmiy sammitida.
Bosh sanitar shifokor Anna Popova MDH mamlakatlari bir qator muhim afzalliklarga - SSSR davrida yaratilgan sanitariya-epidemiologiya xizmati, bu ishga umumiy yondashuvlar, kadrlarni tayyorlashdagi o‘xshash tizim va umumiy tilga ega ekanligini ta’kidladi.
Vladimir Putin tashabbusi bilan Sankt-Peterburgda MDH davlatlari rahbarlarining an’anaviy norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, prezidentlar Ilhom Aliyev (Ozarbayjon), Aleksandr Lukashenko (Belarus), Qosim-Jomart Toqayev (Qozog‘iston), Sadir Japarov (Qirg‘iziston), Emomali Rahmon (Tojikiston), Gurbanguli Berdimuhamedov (Turkmaniston) Shavkat Mirziyoyev (O‘zbekiston), shuningdek, Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0