Nolegal migrantlar 1-yanvardan boshlab Rossiyadan chiqarib yuborilishi mumkin

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishSotrudniki politsii proverayut dokumenti u passajirov
Sotrudniki politsii proverayut dokumenti u passajirov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2021
Obuna bo‘lish
Noqonuniy mehnat faoliyati uchun 1-yanvardan boshlab chet el fuqarolari Rossiyadan chiqarib yuborilishi mumkin - RF IIV.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Noqonuniy mehnat faoliyati uchun 1-yanvardan boshlab chet el fuqarolari nafaqat jarimaga tortilishi, balki Rossiyadan chiqarib yuborilishi ham mumkin. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi eslatma berdi. RIA Novosti.
Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasi prezidenti tomonidan mehnat migrantlari uchun joriy etilgan vaqtinchalik choralar 2021-yil 31-dekabrda tugaydi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilning mart oyidan buyon 7 milliondan ortiq xorijlik ruxsat beruvchi hujjatlarni oldi, shulardan 1,5 million nafari Rossiyada o‘z maqomlarini tartibga soldi.
Shu bilan birga, Rossiya Ichki ishlar vazirligi 2021-yil 31-dekabrga qadar ishlash uchun hujjatlari bo‘lmagan xorijliklarga zudlik bilan ichki ishlar organlariga murojaat qilishni qat’iy tavsiya qiladi. Bundan tashqari, ish beruvchilar chet elliklar bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishi va bu haqda uch kun muddatda Ichki ishlar vazirligining hududiy organlarini xabardor qilishi zarur.
Migrantlarni noqonuniy ishga olgan ish beruvchilar har bir fuqaro uchun 800 ming rublgacha jarima to‘laydi.
Yangiliklar lentasi
0