Hodisalar

Ikki fuqaroni noqonuniy yoʻl bilan Amerikaga yubormoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi

© AFP / PHILIPPE HUGUENArest
Arest - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.12.2021
Samarqandda fuqarolarni “Oʻzbekiston-Turkiya-Boliviya-Kolumbiya-Meksika-AQSH” yoʻnalishi orqali Shtatlarga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar qoʻlga olindi.
TOSHKENT, 28 dek – Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi Oʻzbekiston fuqarolarini noqonuniy yoʻllar bilan AQShga yuborishga boʻlgan urinishning oldini oldi.
DXX matbuot xizmati xabariga koʻra, Samarqand tumanida yashovchi, 1985 va 1991 yillarda tugʻilgan 2 nafar shaxs Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi ikki kishiga ularni Amerikaga yuborishni vaʼda qilishgan. Buning evaziga ularning har biridan 30 mingdan, jami 60 ming dollar talab qilishgan.
Tezkor tadbirda ular oldindan 20 ming dollar olgan vaqtlarida ushlangan.
Aniqlanishicha, fuqarolarni "Oʻzbekiston-Turkiya-Boliviya-Kolumbiya-Meksika-AQSH" yoʻnalishi orqali Shtatlarga yuborish rejalashtirilgan.
Fuqaroni Rossiyaga soxta hujjatlar bilan yubormoqchi boʻlgan firibgar ushlandi
Shuningdek, chuv tushgan fuqarolarga yoʻlga chiqishdan avval PZR-test maʼlumotnomasiga va hisobida 4 ming dollar boʻlgan VISA-kartaga ega boʻlishlari kerakligi tushuntirilgan. Har bir davlat hududida ularni kuzatib qoʻyuvchi shaxslarning talablarini, jumladan, Amazonka daryosining Kolumbiyadan oqib oʻtuvchi qismidan va Meksikaning oʻrmonlaridan oʻtib olish boʻyicha talablarini bajarishlari zarurligi aytilgan.
Bundan tashqari, tadbir davomida hibsga olingan shaxslarda 60 nafardan ortiq fuqarolarning pasport nusxalari borligi ham aniqlandi.
Yosh qizni Tailandga fohishalikka yubormoqchi boʻlgan ayolning rejasi chippakka chiqdi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala