Olimlar kashfiyoti: inson organizmida yangi mushak bor

© Pixabay / AlarconaudiovisualRentgenografiya nijney chelyusti
Rentgenografiya nijney chelyusti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2021
Obuna bo‘lish
Ushbu anatomik tadqiqot o‘z tanasini tibbiyot fani uchun hadya qilgan marhumlarning formalinga botirilgan 12 boshni tekshirish orqali o‘tkazilgan
Doktor Silviya Mezey va professor Yens Kristof Turp boshchiligidagi Bazel universiteti tadqiqotchilari guruhi jag‘ mushaklarining ilgari o‘rganilmagan qismini aniqladi. Olimlar o‘z kashfiyoti haqida Annals of Anatomy ilmiy jurnalida so‘zlab bergan.
“Chaynash mushaklarining bu qismi o‘zining joylashishi va funksiyasi bilan boshqa qatlamlardan aniq farq qiladi”, - deydiMezey Science Daily ilmiy portaliga bergan izohida.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, mushakning yangi, chuqur qatlami pastki jag‘ning shakllanishida ishtirok etadi va uni barqarorlashtiradi. Bu pastki jag‘ni orqaga, ya’ni quloq tomon tortib oladigan chaynash mushaklarining yagona qismidir.
Ushbu anatomik tadqiqot o‘z tanasini tibbiyot fani uchun hadya qilgan marhumlarning formalinga botirilgan 12 boshni tekshirish orqali o‘tkazilgan. Yana 16 ta jasadning kompyuter tomografiyasi va bir tirik odamning MRTma’lumotlari tahlil qilingan.
Olimlar yangi qatlamga - Musculus masseter pars coronidea “chaynash mushagining koronoid qismi” deb nom berdi, chunki tasvirlangan qatlam pastki jag‘ning koronoid o‘simtasiga biriktirilgan.
“Ma’lumki, so‘nggi yuz yil ichida inson anatomiyasidagi hamma narsa o‘rganilgan. Va bizning kashfiyotimiz juda hayratlanarli, chunki uni zoologlar tomonidan umurtqali hayvonlarning yangi turini kashf qilish bilan solishtirish mumkin”, - deya ta’kidladi professor Turp.
Xabarda aniqlik kiritilishicha, fanda chaynash mushaklari yuzaki va chuqur qismdan iborat deya hisoblangan. Olimlar avvalroq chaynash mushaklarining bu o‘rganilishini shubha ostiga olgan. Biroq, bu nazariyalar bir-biriga qarama-qarshi tavsiflarga ega edi.
Yangiliklar lentasi
0