O‘zbekistonlik sobiq futbolchi Nikolay Shirshov vafot etdi

Svechka. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2021
Obuna bo‘lish
Shirshov 1996-2005-yillar mobaynida milliy terma jamoa safida o‘ynagan.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Nikolay Shirshov 47 yoshida vafot etdi.
Nikolay Shirshov 1974-yilning 22-iyunida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Faoliyatini Toshkent viloyatining "Sverloves" (1991 yil) klubida boshlagan Shirshov keyinchalik "Traktor" va "Paxtakor" safida to‘p suradi. U "sherlar" tarkibida (1992-1999) 159 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 16 ta golga muallif qilgan. Keyinchalik futbolchi 5-yil davomida (2000—2005) "Rostov" sharafini himoya qilgan.
Shirshov Rossiyaning "SKA", "Bataysk-2007", "Taganrog", "MITOS" va "TPF" klublarida ham o‘ynagan. Nikolay 2013-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagandi.
Nikolay Shirshov 1996-2005-yillar mobaynida milliy terma jamoa safida o‘ynagan. U 1996-yil 19-noyabr kuni BAAga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (4:2) debut qilgan. Termadagi faoliyati davomida 63 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol kiritgan.
Yangiliklar lentasi
0