Rossiya

SSSR tarqalgan kun Rossiyada rasman Xotira kuniga aylanishi mumkin

© Sputnik / Polyakov Aleksandr / Fotobankka oʻtishMiting na Kalujskoy ploщadi v Moskve
Miting na Kalujskoy ploщadi v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.12.2021
Bu biz uchun tarixiy saboq boʻlishi kerak - Rossiyada SSSR tarqalgan kuni Xotira kuni sifatida eslab qolish taklif qilindi.
TOSHKENT, 28 dek — Sputnik. Rossiya Federatsiyasining rasmiy kalendarida yana bir xotira kuni paydo boʻlishi mumkin.
Davlat Dumasi vitse-spikeri Boris Chernыshov (LDPR partiyasidan) 26 dekabr SSSR tarqalgan kunni - rasman Xotira kuni sifatida belgilovchi qonun loyihasini muhokamaga kiritdi.
Sputnik muxbiriga bergan intervyusida Chernыshov SSSRning tugatilishi - qanday katta tragediyaga olib kelgani haqida aytib berdi.
"Oʻsha vaqtdagi Sovet Ittifoqi rahbariyati katta jinoyat, oʻz aholisiga nisbatan sotqinlik qildi. Ularning masʼuliyatsizligi tufayli millionlab kishilar oʻz ishini yoʻqotdi, millatchilik kuchaydi, millionlab aholi oʻz uy joylarini tashlab ketishga majbur boʻldi, hududiy yaxlitlik yoʻqoldi, migratsiya kuchaydi", - deydi deputat.
Agar biz oʻz davlatimizga chuqur oʻylamasdan, yengiltak munosabatda boʻlsak hammasini bir zumda yoʻqotishimiz mumkin.
Biz oʻz tariximizning nafaqat shonli varaqlarini, balkim ogʻir kechgan damlarini ham unutmasligimiz kerak. Biz ushbu saboqni bir umurga eslab qolishimiz kerak. Besh 10, 20 yoki 30 yildan soʻng davlat boshiga kim kelishi nomaʼlum. Axir Rossiya Imperiyasi yoki Sovet Ittifoqi bir zumda tarqalib ketishini hech kim tasavvur ham qila olmas edi-ku? shuni uchun ushbu saboqni - bir umrga uqib olish kerak", - dedi Boris Chernыshov.
Maʼlumot uchun, rasmiy ravishda SSSR "Belovej kelishuvlari" imzolangan kun - 1991 yilning 8 dekabrda oʻz faoliyatini toʻxtatdi, ammo 25 dekabrgacha respublikalar rahbarlari qurolli kuchlarni taqsimlash toʻgʻrisida kelishib oldilar va boshqa murakkab masalalarni muhokama qildilar. Yakuniy qarorlarga kelgach, Mixail Gorbachyov “yadro tugmasi”ni topshirdi va Markaziy televideniye orqali xalqqa xayrlashuv nutqi bilan chiqdi. 1991 yil 25 dekabr kuni Moskva vaqti bilan soat 19.35da Kreml qubbasidan SSSR bayrogʻi tushirildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala