Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga yetib keldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pribыl v Sankt-Peterburg
Shavkat Mirziyoyev pribыl v Sankt-Peterburg - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.12.2021
MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvi kun tartibi belgilanmagan va u erkin muhokama formatida boʻlib oʻtadi.
TOSHKENT, 28 dek - Sputnik. Sankt-Peterburgning Pulkovo aeroportida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezidentskiy kortej v Sankt-Peterburge
Prezidentskiy kortej v Sankt-Peterburge - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.12.2021
Prezidentskiy kortej v Sankt-Peterburge
Oʻzbekiston prezidenti 28 dekabr kuni Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtadigan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining norasmiy sammitida ishtirok etish tashrif buyurgan.
Maʼlumot uchun, Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusiga asosan amalga oshirilayotgan MDH yetakchilarining norasmiy uchrashuvida Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Belarus, Turkmaniston va Rossiya prezidentlari, Armaniston bosh vaziri, Qozogʻiston birinchi prezidenti Nursultan Nazarbayevlar ishtirok etishadi.
Anʼanaga muvofiq MDH rahbarlarining norasmiy uchrashuvi yil oxirida boʻlib oʻtadi. Uchrashuv kun tartibi belgilanmagan va u erkin muhokama formatida boʻlib oʻtadi.
Aytish joizki bu pandemiya boshlanganidan soʻng amalga oshirilgan MDH davlat rahbarlarining birinchi oflayn uchrashuvi boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala