Hodisalar

TIV: Qozogʻistonda avtobus YTHga uchrashi oqibatida oʻzbekistonliklar jabrlanmagan

© Foto: Departament politsii Almatinskoy oblastiAvtobus i avtomobil stolknulis Almatinskoy oblasti Kazaxstana
Avtobus i avtomobil stolknulis Almatinskoy oblasti Kazaxstana  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.12.2021
Avvalroq OAVlar Qozogʻistonning Olmaota viloyati hududidan oʻtgan yoʻlda ichida oʻzbekistonliklar boʻlgan avtobus va "Mercedes" avtomobili ishtirokida YTH sodir boʻlgani haqida xabar qilishgan edi.
TOSHKENT, 28 dek – Sputnik. Oʻzbekiston Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Olmaota-Bishkek avtoyoʻlida 33 kishi, shu jumladan, mamlakat fuqarolarini olib ketayotgan avtobus ishtirokidagi avariya roʻy bergani haqidagi axborotni tasdiqladi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda 27 dekabr kuni Qozogʻistonda ichida oʻzbekistonliklar boʻlgan avtobus yoʻl-transport hodisasiga uchragani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. YTH oqibatida uch kishi halok boʻlgan.
“Olingan maʼlumotlarga koʻra, jabrlangan va halok boʻlganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari qayd etilmagan”, - deyilgan TIV xabarida.
Voqea joyiga avtobus tashkil etilgan. Oʻzbekistonliklar Olmaota-Toshkent yoʻnalishi boʻylab vatanga sogʻ-salomat qaytib kelishgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala