Toliblar* Kobuldagi ayollar norozilik namoyishida o‘t ochishdi – OAV

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishOtkritie mejdunarodnoy vistavki "Interpolitex-2015"
Otkritie mejdunarodnoy vistavki Interpolitex-2015 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2021
Obuna bo‘lish
Kobulda sobiq Ayollar ishlari bo‘yicha vazirligi binosi oldida norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 28 dek – Sputnik. “Tolibon”* vakillari Kobulda sobiq Ayollar ishlari bo‘yicha vazirligi binosi oldida norozilik namoyishi o‘tkazayotganlarga qarata o‘t ochdi. Bu haqda RIA Novostiga namoyish qatnashchilaridan biri ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, seshanba kuni ayollar norozilik namoyishi uyushtirishgan. Ular “ish, non va ozodlikni” talab qilishmoqda.
“Toliblar aksiyani to‘xtatish yoki uning oldini olish uchun namoyishchilarga qarata o‘t ochishdi”, - degan agentlik suhbatdoshi.
O‘z navbatida, RIA Novostining yana bir manbasi toliblar* havoga o‘q uzishganini ma’lum qilgan.
Hozircha hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Toliblarning Afg‘oniston hukumatini egallab olishi
Avgust oyi o‘rtalarida "Tolibon"** a’zolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.
Toliblar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi ma’lum bo‘ldi.
*Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.

Mavzuga oid:

Toliblardan yangi qoidalar: afg‘on ayollariga yevropacha soch turmaklatish man etildi
Toliblar erkaklarga soqol olishni taqiqladi
Kobul universiteti yangi rektori oliygohda ayollarning ta’lim olishini taqiqladi
Yangiliklar lentasi
0