Toshkentdagi qurilish maydonida 2ta artilleriya snaradi topildi - foto

© Sputnik / Yegor YeremovLopata
Lopata - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2021
Obuna bo‘lish
Yakkasaroy tumanidagi o‘quv mashg‘ulotlariga mo‘ljallangan o‘q-dorilar topildi.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Yakkasaroy tumanidagi qurilishda o‘quv mashg‘ulotlariga mo‘ljallangan o‘q-dorilar topildi. Internetda qurilayotgan obyektda 2ta artilleriya aslahasi topilgani to‘g‘risidagi video tarqamoqda.
“2021 yil 27-dekabr kuni 102 raqamiga 26 yoshli qashqadaryolik Shuhrat T.dan xabar kelib tushdi: uning gapiga ko‘ra, u tanishi 29 yoshli Aliakbar M. bilan birgalikda Yakkasaroy tumanida qurilayotgan obyekt hududida shubhali, artilleriya aslahalariga o‘xshash zanglagan buyumlar topdi. U tezkor xizmatlarga xabar berdi.
Manzilga Toshkent shahar IIBB xodimlari IIVning maxsus mutaxassislari bilan birgalikda yetib keldi. Tekshiruv o‘tkazilgach, topilgan buyumlar o‘quv mashg‘ulotlari davomida foydalanishga mo‘ljallangan ikkita 115 mm.lik o‘quv snaradi va ikkita 82 mm.lik o‘quv minomoti ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Holat bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda,” – deyilgan IIBB xabarida.
Yangiliklar lentasi
0