Yangi yil arafasida qo‘shimcha poyezd va samolyotlar qo‘yiladi

© Ministerstvo transporta UzbekistanaMejdu Karshi i Samarkandom zapustat visokoskorostnoy poyezd Afrosiyob
Mejdu Karshi i Samarkandom zapustat visokoskorostnoy poyezd Afrosiyob - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2021
Obuna bo‘lish
Yangi yil bayrami arafasida aholining respublika ichida shaharlararo qatnovlarga bo‘lga ehtiyojini qondirish maqsadida Transport vazirligi 10dan ortiq qo‘shimcha parvozlar, temir yo‘l va avtobus qatnovlari tashkil qildi.
TOShKENT, 28 dek - Sputnik. Yangi yil bayrami arafasida yo‘lovchilar oqimi ortishi munosabati bilan qo‘shimcha poyezd va samolyotlar qo‘yiladi. Bu haqida Transport vazirligi xabar qilmoqda.

Aviaqatnovlar

Amaldagi muntazam qatnovlardan tashqari joriy yilning 27-dekabridan 30-dekabrigacha Uzbekistan airways aviakompaniyasi tomonidan:
Toshkent – Nukus, Toshkent – Buxoro yo‘nalishlarida ikkitadan,
Toshkent – Qarshi, Toshkent – Namangan, Toshkent – Termiz - bittadan,
Toshkent – Urganch yo‘nalishida esa qo‘shimcha uchta reys amalga oshiriladi.
Natijada haftasiga qo‘shimcha qatnovlar soni jami 10 tani tashkil etmoqda.
Bundan tashqari Toshkent – Nukus, Toshkent – Buxoro va Toshkent – Urganch yo‘nalishlarida 7 ta parvozga 150 o‘rindiqli A 320 rusumli havo kemalari Boeing 757 (184 o‘rindiqli) va Boeing 767 (247 o‘rindiqli) rusumli havo kemalariga almashtirildi. Buning natijasida 427 ta qo‘shimcha yo‘lovchilar tashishga o‘rindiqlar yaratildi.

Temir yo‘l transportida

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan joriy yilning 25-dekabr kunidan 2022-yilning 10-yanvar kuniga qadar yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdining “Toshkent – Buxoro – Toshkent” yo‘nalishida har kunlik qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, 27 hamda 29-dekabr kunlari “Toshkent – Buxoro – Urganch” yo‘nalishida qo‘shimcha ikkita yo‘lovchi poyezdi qatnovi tashkil etilishi belgilandi.
Bundan tashqari Toshkent – Termiz, Toshkent – Nukus, Toshkent – Urganch yo‘nalishlarida harkatlanayotgan yo‘lovchi poyezdlariga qo‘shimcha 4 tadan plaskart vagonlari ulanmoqda.

Avtobus qatnovlari

Shuningdek, quyidagi yo‘nalishlarda Toshkent – Nukus (2 ta), Toshkent – Buxoro (12 ta) Toshkent –Jizzax (3 ta), Toshkent – Qarshi (16 ta), Toshkent –Navoiy (17 ta), Toshkent – Samarqand (19 ta), Toshkent – Termiz (43 ta), Toshkent – Sirdaryo (5 ta), Toshkent – Urganch (18 ta) qo‘shimcha avtobuslar qatnovi amalga oshiriladi.
Ushbu chora-tadbirlar natijasida aholining respublikamiz hududlari bo‘ylab transportda harkatlanishiga bo‘lgan mavsumiy talab to‘la qondiriladi, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0