Dunyoda

Afgʻonistonda Oʻzbekistondan kelgan elektr tarmogʻida nosozliklar yuzaga kelgani aytilmoqda

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishLinii elektroperedachi
Linii elektroperedachi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.12.2021
Afgʻonistonda Oʻzbekistondan kelgan elektr uzatish tarmogʻida nosozliklar yuzaga kelgani aytilmoqda.
TOSHKENT, 29 dek — Sputnik. Afgʻonistonning DABS energetika kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, texnik nosozliklar natijasida liniya quvvati 50 %ga kamaydi.
Shu sababli bugun 15ta viloyatda, jumladan Kobulda ham elektr energiyasi uzilishi kuzatilishi mumkin. Sputnik Afgʻoniston xabariga asosan.
Oʻzbekiston Afgʻonistonga elektr energiyasi yetkazib berishni kamaytirmadi, uzilishlar bilan bogʻliq muammolar Afgʻoniston hududida yuzaga kelgan boʻlishi mumkin.
"Biz elektr energiyasini yetkazib berishda davom etmoqdamiz. Bu muammo Afgʻoniston hududida, sababini bilmaymiz", - dedi RIA Novosti agentligiga Oʻzbekiston energetika vazirligi vakili.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala