Hodisalar

Buxoroda qirqqa yaqin erkakka OITS yuqtirgan fohisha ayolga hukm oʻqildi – video

© Sputnik / Stas EtveshDevushka v naruchnikax, arxivnoye foto
Devushka v naruchnikax, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.12.2021
Ayol kasalligini bila turib qariyb 4 yil davomida bu kasallikni qasddan boshqalarga yuqtirib kelgan. Sud ayolni olti yarim yilga hukm qildi.
TOSHKENT, 29 dek – Sputnik. Buxoro viloyatida fohishalik bilan shugʻullangan ayol qirqqa yaqin erkakka orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi kasalligini (OITS) yuqtirgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ayol 2017 yilda OITSga chalingan boʻlgan va dispanser nazoratiga olingan. U kasallikni boshqalarga yuqtirmaslik haqida ogohlantirilganiga qaramay, begona erkaklar bilan jinsiy aloqada boʻlib kelgan.
Ayol qariyb 4 yil davomida bu kasallikni qasddan boshqalarga yuqtirib kelgan. Olib borilgan oʻrganishlar natijasida u qirqqa yaqin erkaklarga OITS infektsiyasini yuqtirgani aniqlangan. Erkaklarning aksariyati oilali. Natijada kasallik ularning turmush oʻrtoqlariga ham yuqqan.
“Mart—aprel oylarida doʻstlarim bilan kafeda ovqatlanib oʻtirganimizda, yonimizdagi stolda ovqatlanib oʻtirgan ikki nafar qiz bilan tanishib qoldik. Ular bilan borib, yaqin aloqada boʻldik. Shundan soʻng, ular bilan bir necha marotaba telefonlashib, doʻstlarim bilan borib, yaqin aloqada boʻlganimizdan keyin men u qizlarning kasallikka chalinganini eshitib qolib, tibbiy koʻrikdan oʻtganimda oʻzimga ushbu kasallikni yuqtirib olganimni bilib qoldim. Turmush oʻrtogʻim homilador, homila 6 oylik”, — deydi fohisha ayol bilan aloqada boʻlgan erkaklardan biri.
Erkak qilgan ishidan pushaymonligi va tugʻilajak farzandi taqdiridan xavotirda ekanini bildirgan. U boshqalarga koʻchalarda oʻzlari bilmaydigan ayollar bilan jinsiy aloqada boʻlmaslikni tavsiya qilgan va bu ishlar mana shunday oqibatlarga olib kelishini aytgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 113-moddasining (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.
Jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga oshirilgan. Sud hukmiga koʻra, sudlanuvchi ayol 6 yarim yilga qamaldi.

Mavzuga oid:

Buxoroda 25-30 yoshlardagi oʻndan ortiq erkakka tanosil kasalligini yuqtirgan ayol aniqlandi
Buxoroda ayollarga qasddan OIV virusini yuqtirgan yigit qoʻlga olindi
Buxoroda oʻzgaga OIV infektsiyasini yuqtirgan ayolga qarshi jinoiy ish ochildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala