Karlsendan Nepomnyashiygacha: Abdusattorov chempionlik yo‘lida kimlar ustidan g‘alaba qozondi

© International Chess FederationNodir Abdusattarov
Nodir Abdusattarov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik shaxmatchi chempionlik yo‘lida bir necha karra jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen, rossiyalik dongdor shaxmatchi Yan Nepomnyashiyni mag‘lub qildi. 13 turda 7 ta g‘alabaga erishdi.
TOShKENT, 29 dek – Sputnik. 17 yoshli o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Polshadagi Jahon chempionatining tezkor (rapid) yo‘nalishida g‘alaba qozonib, chempion unvoniga sazovor bo‘ldi.
Nodirbek chempionlik yo‘lida 13 turda 7 ta g‘alaba, 5 ta durang va 1 ta mag‘lubiyat bilan 9.5 ochko jamg‘ardi.
Umumiy hisob rossiyalik Yan Nepomnyashiy hamda Abdusattorovning bir xil ko‘rsatkichlari bilan yakunlangach, g‘olib jamoani aniqlash uchun tay-breykka murojaat qilindi.
Unda o‘zbekistonlik shaxmatchi raqibini mot qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Milliy Olimpiya qo‘mitasi Nodirbek Abdusattrovning jahon chempionatida kimlarga qarshi qanday natija qayd etgani haqida batafsil ma’lumot berdi:
1-tur: Nodirbek Abdusattorov – Viktor Mixalevski (Isroil, 2366) 1:0
2-tur: Nodirbek Abdusattorov – Gleb Dudin (Rossiya, 2247) 1:0
3-tur: Nodirbek Abdusattorov – Fabiano Karauna (AQSh, 2770) 1:0
4-tur: Nodirbek Abdusattorov – Yan Nepomnyashiy (Rossiya, 2798) 0.5:0.5
5-tur: Nodirbek Abdusattorov – Aleksandr Grishuk (Rossiya, 2763) 0.5:0.5
6-tur: Nodirbek Abdusattorov – Anton Korobov (Ukraina, 2689) 0:1
7-tur: Nodirbek Abdusattorov – Levon Aronyan (AQSh, 2728) 1:0
8-tur: Nodirbek Abdusattorov – Radoslav Voytashek (Polsha, 2743) 1:0
9-tur: Nodirbek Abdusattorov – Boris Gelfand (Isroil, 2648) 1:0
10-tur: Nodirbek Abdusattorov – Magnus Karlsen (Norvegiya, 2842) 1:0
11-tur: Nodirbek Abdusattorov – Vladimir Fedoseyev (Rossiya, 2692) 0.5:0.5
12-tur: Nodirbek Abdusattorov – Gukesh (Hindiston, 2050) 0.5:0.5
13-tur: Nodirbek Abdusattorov – Yan-Kshishtof Duda (Polsha, 2801) 0.5:0.5
Tay-breyk: Nodirbek Abdusattorov – Yan Nepomnyashiy (Rossiya, 2798) 1:0
Shu tariqa u ushbu yo‘nalishda jahon chempioniga aylangan eng yosh shaxmatchi bo‘ldi.
Nodirbek Abdusattorov 2017-yilda Sputnik muxbiriga bergan intervyusida besh yildan so‘ng dunyoning eng kuchli shaxmatchilari ro‘yxatida bo‘lishini ta’kidlagandi.
Intervyuni quyida to‘liq o‘qishingiz mumkin.

Mavzuga oid:

Nodirbek Abdusattorov tezkor shaxmat bo‘yicha eng yosh jahon chempioni bo‘ldi
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi jahon chempionini mag‘lubiyatga uchratdi
Yangiliklar lentasi
0