Ko‘p piyoda yurganlarga 43,5 milliard so‘m to‘lab berildi

© Sputnik / Oksana DzadanSport
Sport - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2021
Obuna bo‘lish
Platforma foydalanuvchilariga shu kunga qadar 43 milliard 45 million 953 ming so‘m miqdorida mablag‘lar to‘lab berildi.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Ko‘p piyoda yurganlarga 43,5 milliard so‘m to‘lab berildi, deb xabar qildi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.
“Sog‘lom turmush tarzi” platformasidan (1hls.uz) 18 yoshdan yuqori bo‘lgan 1 million 209 ming 77 nafar kishi ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan 757 ming 680 nafari erkak, 451 397 nafar ayollar.
Platforma foydalanuvchilariga shu kunga qadar 43 milliard 45 million 953 ming so‘m miqdorida mablag‘lar to‘lab berildi.
Platformasida ro‘yxatdan o‘tib, bir sutka davomida 10 ming qadam va undan ko‘proq yurib, qo‘shimcha mablag‘ olish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0