Nodirbek Abdusattorov tezkor shaxmat bo‘yicha eng yosh jahon chempioni bo‘ldi – video

© Twitter / ChessBase IndiaNodir Abdusattarov
Nodir Abdusattarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yosh shaxmatchi chempionlik yo‘lida 5 karra jahon chempioni Magnus Karlsenni ham mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.
TOShKENT, 29 dek – Sputnik.Polsha poytaxti Varshava shahrida shaxmatning rapid (tezkor) yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionati o‘z nihoyasiga yetdi.
13 turdan iborat chempionat yakuniga ko‘ra, 17 yoshli o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov 9,5 ochko to‘plagan holda 1-o‘rinni egalladi. U musobaqa davomida 5 karra jahon chempioni Magnus Karlsenni ham mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.
Shundan so‘ng u bilan bir xil ochko to‘plagan rossiyalik Yan Nepomnyashiy tay-brekda o‘zaro kuch sinashdi va g‘alabaga erishib, jahon chempioniga aylandi.
“Shu tariqa Abdusattorov ushbu yo‘nalishda chempionlik tojini kiygan eng yosh shaxmatchiga aylandi”, - deyilgan Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar berishicha, MDHning norasmiy sammiti bo‘lib o‘tgan Sankt-Peterburgdan Toshkentga qaytayotgan samolyotda prezident va butun delegatsiya ham Nodirbek Abdusattorovning ishtirokini katta qiziqish bilan onlayn kuzatib borgan.
“Davlatimiz rahbari shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha yangi va eng yosh jahon chempioniga o‘zining eng samimiy tabriklarini yo‘llamoqda hamda uning ota-onasi va murabbiylariga minnatdorlik bildirmoqda”, - deya yozdi Asadov o‘zining telegram kanalida.
Nodirbek Abdusattorov 2017-yilda, 13 yoshida grossmeysterlik unvonini olgan. 2021-yil yanvar holatiga ko‘ra, Abdusattorov shaxmat tarixidagi eng yosh beshinchi grossmeyster bo‘lib turibdi. U 2018-yilda O‘zbekiston terma jamoasi safida Butunjahon shaxmat Olimpiadasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi va unga Prezident sovg‘asi “Spark” avtomobili topshirilgandi.
Yosh shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov 2017-yilda Sputnik muxbiriga bergan intervyusida besh yildan so‘ng dunyoning eng kuchli shaxmatchilari ro‘yxatida bo‘lishini ta’kidlagandi.

Mavzuga oid:

O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi jahon chempionini mag‘lubiyatga uchratdi
Nodirbek Abdusattorov: "Besh yildan so‘ng dunyoning eng kuchli shaxmatchilari ro‘yxatida bo‘laman"
Jahonning eng yosh shaxmatchisi kursantlar bilan dona surdi
O‘zbekiston shaxmat vatani deb rasman tan olinadi
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar jahonda tengsiz ekanliklarini ko‘rsatishmoqda
Yangiliklar lentasi
0