Jamiyat

Oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning yangi tartibi belgilandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOfitserы uzbekskoy armii
Ofitserы uzbekskoy armii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.12.2021
OHTMda oʻqishga saralab olish va qabul qilish Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari tomonidan amalga oshiriladi.
TOSHKENT, 29 dek – Sputnik. Hukumat qarori bilan Oʻzbekiston oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" telegram kanalida xabar berildi.
Nizomga koʻra, oliy harbiy taʼlim muassasalari (OHTM)da oʻqishga saralab olish va qabul qilish Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari tomonidan amalga oshiriladi. Saralab olish tadbirlari quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
harbiy-professional yoʻnaltirish;
dastlabki saralab olish;
test sinovlari.
Bir bosqichdan muvaffaqiyatli oʻta olmagan nomzodlar keyingi bosqichga qoʻyilmaydi. Nomzodlar yashash joyidagi mudofaa ishlari boʻlimlariga ariza bilan, harbiy xizmatchilar esa xizmat joyidagi tegishli komandir (boshliq) nomiga bildirgi bilan murojaat qiladi.
Arizalar (bildirgilar) qabul yilining 1 fevralidan 31 martigacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. Dastlabki saralab olish tadbirlari quyidagi ikki bosqichda oʻtkaziladi:
birinchi bosqich fuqaro yoshlar (talabalar) uchun — mudofaa ishlari boʻlimlarida, harbiy xizmatchilar uchun — xizmatni oʻtash joyida 1 fevraldan 10 aprelgacha (shu kuni ham);
ikkinchi bosqich fuqaro yoshlar (talabalar) va harbiy xizmatchilar uchun — mudofaa ishlari boshqarmalari va Mudofaa vazirligining harbiy-tibbiy muassasalarida 11 apreldan 31 maygacha (shu kuni ham).
OHTMga test sinovlarisiz kirish imtiyoziga ega boʻlgan nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qabul yilining 25 iyunigacha Davlat test markaziga taqdim etiladi. Chet tilini bilish boʻyicha kamida V2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikat taqdim etganlarga chet tili fanidan toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball qoʻyiladi hamda ular chet tili fanidan test sinovi topshirmaydi.
Qurolli kuchlarning 30 yilligiga esdalik nishoni taʼsis etildi
OHTMda test sinovlari har yili iyul–avgust oylarida nomzodlar tanlagan hududlarda oʻtkaziladi. Nizomga koʻra, shuningdek, kursantlarga oʻqishini bir vazirlik va idoralar OHTMdan boshqa vazirlik va idoralar OHTMga koʻchirishga ruxsat etilmaydi.
Nizom Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish tartibiga, Jamoat xavfsizligi universitetida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish hamda mazkur universitet kursantlari (talabalari) va tinglovchilarini oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala